فَتَعَـٰلَى ٱللَّهُ ٱلْمَلِكُ ٱلْحَقُّ ۗ وَلَا تَعْجَلْ بِٱلْقُرْءَانِ مِن قَبْلِ أَن يُقْضَىٰٓ إِلَيْكَ وَحْيُهُۥ ۖ وَقُل رَّبِّ زِدْنِى عِلْمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Haq Podshoh — Alloh oliy bo`ldi. Senga vahiyi bitguncha Qur'on(tilovati)ga oshiqma va: «Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», degin.Ҳақ Подшоҳ — Аллоҳ олий бўлди. Сенга ваҳийи битгунча Қуръон(тиловати)га ошиқма ва: «Роббим, илмимни зиёда қилгин», дегин.Alauddin Mansour: Haq Podshoh — Alloh yuksakdir. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizga (Qurʼon) vahiysi bitishidan ilgari qiroat qilishga shoshmang (balki farishta Jabroil Alloh tomonidan keltirgan oyatni toʻla oʻqib boʻlganidan keyingina qiroat qiling) va ayting: «Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin».Ҳақ Подшоҳ — Аллоҳ юксакдир. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизга (Қуръон) ваҳийси битишидан илгари қироат қилишга шошманг (балки фаришта Жаброил Аллоҳ томонидан келтирган оятни тўла ўқиб бўлганидан кейингина қироат қилинг) ва айтинг: «Парвардигорим, илмимни янада зиёда қилгин».
Yuqorida zikr etilgan ishlarga qodir haqiqiy mulk egasi, haqiqiy Podshoh–Alloh taolo butun borliqdan oliy–ustun boʻldi.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam unutib qoʻyishdan xavflanib, vahiy tushgan paytida Qurʼoni Karim oyatlarini Jabroil alayhissalomga qoʻshilib, oʻqib turar edilar. Bu esa, qiyinchilik tugʻdirardi. Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarini xotirjam etib:
«Senga vahiyi bitguncha Qurʼon(tilovati)ga oshiqma», demoqda.
Yaʼni, ey Muhammad, Jabroil vahiyni senga oxirigacha oʻqib bermagunicha, Qurʼonni tilovat qilib, oyatlarni oʻqishga shoshilma. Oldin Jabroil toʻliq oʻqib bersin, keyin sen oʻqiysan.
«Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», degin.
Shu duoning oʻzi kifoya qiladi.
Qurʼoni Karim bir qator vasf etildi. Endi, oʻtganlarning xabarini qissa qilib beramiz, degan vaʼdaga binoan, ibrat hamda vaʼzu nasihat boʻlsin uchun, Alloh taolo Odam alayhissalomning qissalarini keltiradi: