QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят115

وَلَقَدْ عَهِدْنَآ إِلَىٰٓ ءَادَمَ مِن قَبْلُ فَنَسِىَ وَلَمْ نَجِدْ لَهُۥ عَزْمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, ilgari Biz Odam bilan ahdlashgan edik. Lekin u unutdi. Unda azmu qaror topmadik.Батаҳқиқ, илгари Биз Одам билан аҳдлашган эдик. Лекин у унутди. Унда азму қарор топмадик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz ilgari Odam bilan (Jannatdagi bir daraxtga yaqinlashmasligi haqida) ahdlashgan edik. U (ahdni) unutdi va Biz uning uchun qasd-sobitqadamlikni koʻrmadik.Дарҳақиқат, Биз илгари Одам билан (Жаннатдаги бир дарахтга яқинлашмаслиги ҳақида) аҳдлашган эдик. У (аҳдни) унутди ва Биз унинг учун қасд-собитқадамликни кўрмадик.

320-sahifa · 16-juz · 32-hizb320-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқعَهِدْنَآahdlashgan edikаҳдлашган эдикإِلَىٰٓbilanбиланءَادَمَOdamОдамمِن-dan-данقَبْلُilgariилгариفَنَسِىَbas, u unutdiбас, у унутдиوَلَمْva emasва эмасنَجِدْtopdikтопдикلَهُۥundaундаعَزْمًۭاazmu qarorазму қарор
TafsirТафсир

Biz qadimda Odam bilan buyruqqa boʻysunish–daraxtdan yemaslik haqida ahdlashgan edik. Ammo Odam ahdni unutdi va daraxtdan yeb qoʻydi. U shaytonning igʻvosiga sabr qila olmadi. Azmu qarorida turmadi.

Alloh taolo Odamni yaratganidan keyin, unga jannatdagi hamma mevalardan yemoqqa izn berdi-yu, faqat birgina daraxtning mevasidan tanovul etishni man qildi. Albatta, man qilish iroda tarbiyasi uchun zarur. Inson man qilingan narsadan oʻzini tiyib yurishi bilan irodasi kuchayadi, shaxsiyati ham mukammallashadi. Havoyi nafsning qutqularidan ozod boʻladi. Qaysi inson havoyi nafsini jilovlab, uning ragʻbatlarini kesolsa, u oliy qadriyatlar pogʻonasidan joy oladi. Odam Ato ana oʻsha sinov paytida azmu qarorlik boʻlolmadi. Bu qanday sodir boʻlgan edi? Tafsilotlar quyidagicha: