فَأْتِيَاهُ فَقُولَآ إِنَّا رَسُولَا رَبِّكَ فَأَرْسِلْ مَعَنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَلَا تُعَذِّبْهُمْ ۖ قَدْ جِئْنَـٰكَ بِـَٔايَةٍ مِّن رَّبِّكَ ۖ وَٱلسَّلَـٰمُ عَلَىٰ مَنِ ٱتَّبَعَ ٱلْهُدَىٰٓ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, uning oldiga boringlar va unga: «Albatta, biz Robbingning Payg`ambarlarimiz, Bani Isroilni biz bilan qo`yib yubor. Ularni azoblama. Batahqiq, biz senga Robbingdan mo`'jiza keltirdik. Hidoyatga ergashgan kimsaga salom bo`lur.Бас, унинг олдига боринглар ва унга: «Албатта, биз Роббингнинг Пайғамбарларимиз, Бани Исроилни биз билан қўйиб юбор. Уларни азоблама. Батаҳқиқ, биз сенга Роббингдан мўъжиза келтирдик. Ҳидоятга эргашган кимсага салом бўлур.Alauddin Mansour: Bas, sizlar uning oldiga borib: «Biz Parvardigoringning elchilaridirmiz. Sen Bani Isroil (qavmini) biz bilan birga qoʻyib yuborgin, ularni azoblamagin. Biz senga Parvardigoring tomonidan oyat-moʻʼjiza keltirdik. Hidoyatga ergashgan kishilarga tinchlik-omonlik boʻlur.Бас, сизлар унинг олдига бориб: «Биз Парвардигорингнинг элчиларидирмиз. Сен Бани Исроил (қавмини) биз билан бирга қўйиб юборгин, уларни азобламагин. Биз сенга Парвардигоринг томонидан оят-мўъжиза келтирдик. Ҳидоятга эргашган кишиларга тинчлик-омонлик бўлур.
Yaʼni, men sizlar bilan birga boʻlganimdan keyin, Firʼavnning oldiga dadil boraveringlar va unga bu gaplarni aytinglar:
«Albatta, biz Robbingning Paygʻambarlarimiz...»
Ey Firʼavn, bilib qoʻy, hech shak-shubhasiz, biz ikkovimiz Robbingning Paygʻambarlarimiz. Senga Alloh taoloning amrini olib keldik. Oʻsha amrlardan biri:
«...Bani Isroilni biz bilan qoʻyib yubor. Ularni azoblama».
Olamlarning Robbi, jumladan sening ham Robbing boʻlmish Allohning amri shu. Bani Isroilni qul qilib olib turishga, ularni tinimsiz azoblashga sening haqqing yoʻq.
Agar bizning bu gaplarimizga, Paygʻambarligimizga ishonmayotgan boʻlsang:
«Batahqiq, biz senga Robbingdan moʻʼjiza keltirdik».
Oʻsha moʻʼjiza bizning haqiqiy Paygʻambar ekanligimizni tasdiqlaydi. Biz Allohning Paygʻambarlari boʻlganimiz uchun doimo toʻgʻri yoʻlga–hidoyatga chorlaymiz.
«Hidoyatga ergashgan kimsaga salom boʻlur.»
Salomatlik, yaʼni omonlik boʻladi. Binobarin, Allohning aytganini qilib, hidoyatda sobitqadam turganlar tinch-omon yashaydilar. Yana:
«Albatta, bizga vahiy qilindiki...»
Allohning Paygʻambarlarini «yolgʻonga chiqarganlarga» va iymondan «yuz oʻgirib ketganlarga, shubhasiz, azob boʻlur».
Sen ham, ey Firʼavn, tugʻyondan qayt, hidoyatga ergash, turli balo-ofatlardan salomat boʻlasan. Sen ham, ey Firʼavn, Allohning Paygʻambarlarini–bizlarni yolgʻonchiga chiqarma va iymondan yuz oʻgirma, yoʻqsa, shubhasiz, azobga duchor boʻlib qolasan, denglar.
Alloh taolo Muso va Horun alayhimassalomlarga Firʼavnga nimalar deyish kerakligini oʻrgatganidan soʻng, muqaddas Tuvo vodiysidagi uchrashuv tugaydi. Uchrashuv tugagani, undan keyingi voqealar haqida hech narsa deyilmaydi. Qissa Muso va Horun alayhimassalomlar Firʼavnga borib, Alloh ularga oʻrgatgan gaplarni aytganlaridan keyin Muso alayhissalom bilan Firʼavn oʻrtasida boshlangan bahs bilan davom etadi. Firʼavn: