QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят48

إِنَّا قَدْ أُوحِىَ إِلَيْنَآ أَنَّ ٱلْعَذَابَ عَلَىٰ مَن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bizga vahiy qilindiki, «Yolg`onga chiqarganlarga va yuz o`girib ketganlarga, shubhasiz, azob bo`lur», denglar», dedi.Албатта, бизга ваҳий қилиндики, «Ёлғонга чиқарганларга ва юз ўгириб кетганларга, шубҳасиз, азоб бўлур», денглар», деди.Alauddin Mansour: Bizga vahiy qilindiki, (Allohning paygʻambarlarini) yolgʻonchi qilgan va (ularga iymon keltirishdan) yuz oʻgirgan kimsalarga azob bulur», denglar».Бизга ваҳий қилиндики, (Аллоҳнинг пайғамбарларини) ёлғончи қилган ва (уларга иймон келтиришдан) юз ўгирган кимсаларга азоб булур», денглар».

314-sahifa · 16-juz · 32-hizb314-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, bizалбатта, бизقَدْbatahqiqбатаҳқиқأُوحِىَvahiy qilindiваҳий қилиндиإِلَيْنَآbizgaбизгаأَنَّ-ki-киٱلْعَذَابَazob boʻlurазоб бўлурعَلَىٰ-ga-гаمَنkimsagaкимсагаكَذَّبَyolgʻonga chiqarganёлғонга чиқарганوَتَوَلَّىٰva yuz oʻgirib ketganва юз ўгириб кетган
TafsirТафсир

Yaʼni, men sizlar bilan birga boʻlganimdan keyin, Firʼavnning oldiga dadil boraveringlar va unga bu gaplarni aytinglar:

«Albatta, biz Robbingning Paygʻambarlarimiz...»

Ey Firʼavn, bilib qoʻy, hech shak-shubhasiz, biz ikkovimiz Robbingning Paygʻambarlarimiz. Senga Alloh taoloning amrini olib keldik. Oʻsha amrlardan biri:

«...Bani Isroilni biz bilan qoʻyib yubor. Ularni azoblama».

Olamlarning Robbi, jumladan sening ham Robbing boʻlmish Allohning amri shu. Bani Isroilni qul qilib olib turishga, ularni tinimsiz azoblashga sening haqqing yoʻq.

Agar bizning bu gaplarimizga, Paygʻambarligimizga ishonmayotgan boʻlsang:

«Batahqiq, biz senga Robbingdan moʻʼjiza keltirdik».

Oʻsha moʻʼjiza bizning haqiqiy Paygʻambar ekanligimizni tasdiqlaydi. Biz Allohning Paygʻambarlari boʻlganimiz uchun doimo toʻgʻri yoʻlga–hidoyatga chorlaymiz.

«Hidoyatga ergashgan kimsaga salom boʻlur.»

Salomatlik, yaʼni omonlik boʻladi. Binobarin, Allohning aytganini qilib, hidoyatda sobitqadam turganlar tinch-omon yashaydilar. Yana:

«Albatta, bizga vahiy qilindiki...»

Allohning Paygʻambarlarini «yolgʻonga chiqarganlarga» va iymondan «yuz oʻgirib ketganlarga, shubhasiz, azob boʻlur».

Sen ham, ey Firʼavn, tugʻyondan qayt, hidoyatga ergash, turli balo-ofatlardan salomat boʻlasan. Sen ham, ey Firʼavn, Allohning Paygʻambarlarini–bizlarni yolgʻonchiga chiqarma va iymondan yuz oʻgirma, yoʻqsa, shubhasiz, azobga duchor boʻlib qolasan, denglar.

Alloh taolo Muso va Horun alayhimassalomlarga Firʼavnga nimalar deyish kerakligini oʻrgatganidan soʻng, muqaddas Tuvo vodiysidagi uchrashuv tugaydi. Uchrashuv tugagani, undan keyingi voqealar haqida hech narsa deyilmaydi. Qissa Muso va Horun alayhimassalomlar Firʼavnga borib, Alloh ularga oʻrgatgan gaplarni aytganlaridan keyin Muso alayhissalom bilan Firʼavn oʻrtasida boshlangan bahs bilan davom etadi. Firʼavn: