قَالَ فَمَن رَّبُّكُمَا يَـٰمُوسَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Muso, ikkovingizning Robbingiz kim?» – dedi.У: «Эй Мусо, икковингизнинг Роббингиз ким?» – деди.Alauddin Mansour: (Ular Firʼavn oldiga kelib yuqoridagi soʻzlarni aytishgach), u dedi: «Sizlarning Parvardigoringiz kim, ey Muso?»(Улар Фиръавн олдига келиб юқоридаги сўзларни айтишгач), у деди: «Сизларнинг Парвардигорингиз ким, эй Мусо?»
Muso va Horun alayhimassalomlar Firʼavnga: «Biz sening Robbingning Paygʻambarlarimiz», deyishlariga qaramay, Firʼavn: «Mening Robbim kim?» deb emas, «...ikkovingizning Robbingiz kim?» deb soʻradi. Shu gapning oʻzidan uning Robbni tan olmasligi koʻrinib turibdi. Tugʻyonga ketib, xudolik daʼvosini qilgan kofir, oʻzining har bir gapida oʻsha daʼvosini olgʻa surmoqda.
Firʼavndan bu savolni eshitgan Muso alayhissalom unga quyidagicha javob berdilar: