QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят50

قَالَ رَبُّنَا ٱلَّذِىٓ أَعْطَىٰ كُلَّ شَىْءٍ خَلْقَهُۥ ثُمَّ هَدَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Bizning Robbimiz har narsaga o`z yaratilishini bergan hamda uni hidoyatga solgan Zotdir», dedi.У: «Бизнинг Роббимиз ҳар нарсага ўз яратилишини берган ҳамда уни ҳидоятга солган Зотдир», деди.Alauddin Mansour: (Muso) aytdi: «Parvardigorimiz barcha narsaga oʻz xilqatini — shaklini ato etib, soʻngra (uni) Toʻgʻri Yoʻlga solib qoʻygan Zotdir».(Мусо) айтди: «Парвардигоримиз барча нарсага ўз хилқатини — шаклини ато этиб, сўнгра (уни) Тўғри Йўлга солиб қўйган Зотдир».

314-sahifa · 16-juz · 32-hizb314-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиرَبُّنَاRobbimizРоббимизٱلَّذِىٓoʻsha zotdirkiўша зотдиркиأَعْطَىٰberganберганكُلَّharҳарشَىْءٍnarsagaнарсагаخَلْقَهُۥoʻz yaratilishiniўз яратилишиниثُمَّsoʻngraсўнграهَدَىٰhidoyatga solganҳидоятга солган
TafsirТафсир

Muso alayhissalom juda qisqa, ammo mukammal javob berdilar.

Imom Zamaxshariy ham, boshqa buyuk ulamolar qatori, bu javobdan qoyil qolib: «Yo Alloh! Bu qanday ajoyib javob! Qanday ham muxtasar! Qanday ham jamlovchi! Qanday ham bayon qiluvchi! Kim insof bilan zehn qoʻyib, nazar solsa, anglab yetadi», deganlar.

«Bizning Robbimiz har narsaga oʻz yaratilishini bergan...»

Robbimiz shunday zotki, u har narsaga, koʻzga koʻrinmas hujayraga ham, koʻz nuri yetmas ulkan mavjudotlarga ham oʻziga xos yaratilish–xilqat bergan. Hammasi oʻziga xos. Bir-biriga oʻxshamaydi. Har biri oʻzicha bir olam. Son-sanogʻiga yetib boʻlmaydigan mavjudotlarning har biriga oʻziga xos xususiyat, shakl-shamoil bergan Zot Muso va Horun alayhimassalomlarni Firʼavn va uning qavmiga Paygʻambar qilib yubordi.

U zot har bir narsaga xilqat berish bilan kifoyalanib qolgani yoʻq, balki yana:

«hamda uni hidoyatga solgan Zotdir...»

Alloh har bir mavjudotni oʻziga xos xususiyat, shakl-shamoil ila yaratgani qatorida, har biriga vazifa belgilab, uni ado etishga ham yoʻllab qoʻygandir. Koʻzga koʻrinmaydigan kichik hujayralardan tortib, koʻz nuri yetmas ulkan maxluqotlargacha hamma-hammasi vazifasini ado etish uchun harakatda. Har bir zarra burchini oʻtash uchun harakat qiladi. Har bir hujayra vazifasini oʻziga buyurilgani yangligʻ toʻgʻri ado etadi. Shuningdek, osmonlar ham, yer ham, togʻu tosh, daryo-dengizlar ham vazifalarini toʻkis ado etadi. Ularni bu ishga Alloh hidoyat qilgan, yoʻllagan.

Bu javobdan soʻng Firʼavn yana savol berdi.