قَالَ عِلْمُهَا عِندَ رَبِّى فِى كِتَـٰبٍ ۖ لَّا يَضِلُّ رَبِّى وَلَا يَنسَى
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ularning ilmi Robbim huzurida, kitobdadir. Robbim adashmas va unutmas», dedi.У: «Уларнинг илми Роббим ҳузурида, китобдадир. Роббим адашмас ва унутмас», деди.Alauddin Mansour: (Muso) aytdi: «Ular haqidagi bilim Parvardigorim huzuridagi Kitobda — Lavhul-Mahfuzdadir. Parvardigorim adashmas va unutmas».(Мусо) айтди: «Улар ҳақидаги билим Парвардигорим ҳузуридаги Китобда — Лавҳул-Маҳфуздадир. Парвардигорим адашмас ва унутмас».
Yaʼni, oʻtgan asrlar haqidagi barcha ilm Robbim huzuridagi kitobda yozilgandir. Qancha asrlar oʻtib, qancha odamlar yashab, nima ishlar qilgan boʻlsalar, hamma-hammasi Robbim huzurida turibdi, kitobda yozilgan. Robbim ularning amallarini hisob-kitob qilishda adashmaydi, baʼzi narsalarni unutib ham qoʻymaydi. Shunga qarab jazolaydi yoki mukofotlaydi.
Muso alayhissalom Firʼavnning savoliga javob berib boʻlib, soʻzlarida davom etdilar, Robbul Olamiynning sifatlarini vasf qilishga kirishdilar: