QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят53

ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ مَهْدًا وَسَلَكَ لَكُمْ فِيهَا سُبُلًا وَأَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجْنَا بِهِۦٓ أَزْوَٰجًا مِّن نَّبَاتٍ شَتَّىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «U sizga yerni beshik qilgan, sizga unda yo`llar ochgan va osmondan suv tushirgan Zotdir». Bas, o`sha (suv) ila turli nabototlar juftlarini chiqardik.«У сизга ерни бешик қилган, сизга унда йўллар очган ва осмондан сув туширган Зотдир». Бас, ўша (сув) ила турли набототлар жуфтларини чиқардик.Alauddin Mansour: U zot Yerni sizlar uchun beshik — qarorgoh qilib qoʻydi va unda yoʻllar paydo qildi hamda osmondan suv (yomgʻir-qor) yogʻdirdi. Bas, Biz u (suv) yordamida turli nabotot navlarini undirib chiqardik.У зот Ерни сизлар учун бешик — қароргоҳ қилиб қўйди ва унда йўллар пайдо қилди ҳамда осмондан сув (ёмғир-қор) ёғдирди. Бас, Биз у (сув) ёрдамида турли наботот навларини ундириб чиқардик.

315-sahifa · 16-juz · 32-hizb315-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِىU oʻsha zotdirkiУ ўша зотдиркиجَعَلَqilganқилганلَكُمُsizgaсизгаٱلْأَرْضَyerniерниمَهْدًۭاbeshikбешикوَسَلَكَva ochganва очганلَكُمْsizgaсизгаفِيهَاundaундаسُبُلًۭاyoʻllarйўлларوَأَنزَلَva tushirganва туширганمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmondanосмонданمَآءًۭsuvсувفَأَخْرَجْنَاbas, chiqardikбас, чиқардикبِهِۦٓoʻsha ilaўша илаأَزْوَٰجًۭاjuftlariniжуфтлариниمِّن-dan-данنَّبَاتٍۢnabototlarнабототларشَتَّىٰturliтурли
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taoloning cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi bir necha sifatlari zikr qilinmoqda.

«U sizga yerni beshik qilgan...» Zotdir.

Goʻdak uchun beshik qanday qarorgoh boʻlsa, yer ham siz uchun shunday qarorgoh. Inson kim boʻlishidan, qay darajaga yetishidan qatʼinazar, yer yuzida beshikdagi bolaga oʻxshaydi. Unga yerni beshik qilib, unda uni taomlantirib, yuvib-tarab turgan zot Allohdir. Agar Alloh taolo Oʻz inoyati bilan yerni odam bolasi uchun beshik qilib bermaganida, inson yer yuzida yashay olmas edi. U (Robbim):

«...sizga unda yoʻllar ochgan...» Zotdir.

Agar Alloh yer yuzida odamlarga turli yoʻllarni ochib bermaganida ham, ular mashaqqatda qolar edilar.

«...va osmondan suv tushirgan Zotdir».

Suv hayotdir. Alloh odamlarga osmondan suv tushirmasa, inson qanday hayot kechiradi? Oʻsha suv tufayli inson hayoti davom etadi. Jumladan:

«Bas, oʻsha (suv) ila turli nabototlar juftlarini chiqardik».

Nabototlarning ham juft-juft ekani ilm taraqqiy etganidan soʻng maʼlum boʻldi. Qurʼoni Karim esa, buni avvaldayoq aytib qoʻygan.