كُلُوا۟ وَٱرْعَوْا۟ أَنْعَـٰمَكُمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّأُو۟لِى ٱلنُّهَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yenglar va chorvalaringizni boqinglar. Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.Енглар ва чорваларингизни боқинглар. Албатта, бунда ақл эгалари учун ибратлар бордир.Alauddin Mansour: Sizlar (ulardan) yenglar, chorvalaringni boqinglar. Albatta bunda aql egalari uchun oyat-ibratlar bordir.Сизлар (улардан) енглар, чорваларингни боқинглар. Албатта бунда ақл эгалари учун оят-ибратлар бордир.
Ey odamlar, oʻsha osmondan tushirilgan suv yordamida Alloh chiqarib qoʻygan nabototlar mevalaridan oʻzlaringiz yenglar. Oʻsha nabototlar ila chorvalaringizni boqinglar. Alloh ularni sizning foydangiz uchun chiqargan.
«Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.»
Ozgina aqlga ega boʻlgan odam bu nizomni, bu ilohiy tadbirlarni mulohaza qilib koʻrsa, Robbul Olamiynning biru bor ekanligiga koʻplab belgilar, dalillar koʻradi.
Eʼtibor berilsa, Muso alayhissalom aytayotgan gaplar oldingi oyatning oxiridan boshlab bevosita Allohning gaplariga aylanib ketdi. Hozirgi oyat ham Allohning soʻzlari.
Kelasi oyatlarda ham Allohning soʻzi davom etadi: