وَلَقَدْ أَرَيْنَـٰهُ ءَايَـٰتِنَا كُلَّهَا فَكَذَّبَ وَأَبَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz unga oyat-mo`'jizalarimizning hammasini ko`rsatdik. Bas, u yolg`onga chiqardi va bosh tortdi.Батаҳқиқ, Биз унга оят-мўъжизаларимизнинг ҳаммасини кўрсатдик. Бас, у ёлғонга чиқарди ва бош тортди.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz unga (yaʼni, Firʼavnga) bor oyat-moʻʼjizalarimizni koʻrsatdik. Bas, u (ularni) yolgʻon deb, yuz oʻgirdi.Дарҳақиқат, Биз унга (яъни, Фиръавнга) бор оят-мўъжизаларимизни кўрсатдик. Бас, у (уларни) ёлғон деб, юз ўгирди.
Yaʼni, taʼkidlab aytamizki, biz Firʼavnga unga atalgan hamma moʻʼjizalarimizni koʻrsatdik. Ularni, jumladan, aso va qoʻl moʻʼjizalarini koʻrsatishdan maqsad uning iymonga kelishi edi. Ammo:
«...u yolgʻonga chiqardi va bosh tortdi».
Firʼavn moʻʼjizalarni yolgʻonga chiqardi va iymonga kelishdan bosh tortdi. Firʼavn bahs va tortishuvda yengilishiga koʻzi yetib qolganidan keyin, tugʻyonga ketgan podshohlar odaticha, doʻq-poʻpisa qilishga, raqibiga tuhmat toshlarini otishga boshladi.