قَالَ أَجِئْتَنَا لِتُخْرِجَنَا مِنْ أَرْضِنَا بِسِحْرِكَ يَـٰمُوسَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Muso, bizni yerimizdan chiqarish uchun sehring ila keldingmi?!У: «Эй Мусо, бизни еримиздан чиқариш учун сеҳринг ила келдингми?!Alauddin Mansour: U dedi: «Sen oʻz sehring bilan bizlarni yerimizdan chiqarish uchun keldingmi, ey Muso!У деди: «Сен ўз сеҳринг билан бизларни еримиздан чиқариш учун келдингми, эй Мусо!
Tuhmatni qarang, Muso alayhissalomning gaplari faqat yaxshilikdan iborat edi. Iymon keltiringlar, boʻyinsuninglar, oqibati yaxshi boʻladi, degan edilar. Agar kofir holingizda qolib, tugʻyonda ketaversangiz, yomon boʻladi, degan edilar. Firʼavnga esa: «Bani Isroilga zulm qilma, ularni qullikdan ozod et», dedilar, xolos. Chunki, Firʼavn Bani Isroilni qul qilib olgan, ularni uzoq vaqtlardan buyon istibdodda tutib kelar edi. Keyinroq, mulkining zavolidan qoʻrqib, Bani Isroildan tugʻilgan har bir oʻgʻil bolani onasi qornidan tushishi bilan oʻldirishga hukm chiqardi. Uning josuslari Bani Isroillik oyi-kuni yaqinlashgan ayollarni poylab yurishar, koʻzi yorishi bilan bolaga qarashar, oʻgʻil boʻlsa, oʻldirishar, qiz boʻlsa, tegishmas edi. Hukmdorlik ishqi shunday. Bir tomondan xudolik daʼvosini qiladi, ikkinchi tomondan, saltanatingga zarar yetkazadi, deyilsa, onasidan yangi tugʻilgan goʻdakdan-da qoʻrqaveradi. Atrofidagi gumashtalari esa, har qanday gap yoki voqeadan ham teskari maʼno chiqarib, sizning hukmingizga qarshi boʻlsa kerak, deyishaveradi. Firʼavn atrofidagi sehrgar-folbinlar ham unga: «Yaqinda Bani Isroilda bir oʻgʻil bola tugʻiladi, oʻsha mulkingning zavoliga sabab boʻladi», deb aytgan edilar. Har narsadan hadiksiraydigan Firʼavn Muso alayhissalomning: «Bani Isroilni biz bilan qoʻyib yubor, ularni azoblama», degan gaplarini mulkiga suiqasd deb tushundi va:
«Ey Muso, bizni yerimizdan chiqarish uchun sehring ila keldingmi?!» dedi.
U, Muso alayhissalom oʻzlarining haq Paygʻambar ekanlarini tasdiqlash uchun koʻrsatgan moʻʼjizalarni sehrga yoʻydi, «Bani Isroilni qoʻyib yubor» degan talablaridan, «yerimni tortib olib, oʻrnimga oʻzi joylashmoqchi», deb oʻyladi.
Firʼavn boʻlganidan keyin boshqa nima ham kelar edi xayoliga.
Firʼavn gapida davom etdi: