فَلَنَأْتِيَنَّكَ بِسِحْرٍ مِّثْلِهِۦ فَٱجْعَلْ بَيْنَنَا وَبَيْنَكَ مَوْعِدًا لَّا نُخْلِفُهُۥ نَحْنُ وَلَآ أَنتَ مَكَانًا سُوًى
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, albatta, biz ham unga o`xshash sehr keltiramiz, biz bilan o`zing orangda va'da vaqti tayin qil, unga biz ham, sen ham xilof qilmaydigan bo`laylik, o`rta joy bo`lsin», dedi.Бас, албатта, биз ҳам унга ўхшаш сеҳр келтирамиз, биз билан ўзинг орангда ваъда вақти тайин қил, унга биз ҳам, сен ҳам хилоф қилмайдиган бўлайлик, ўрта жой бўлсин», деди.Alauddin Mansour: U holda bizlar ham senga xuddi oʻshanday sehr keltirurmiz. Bas, sen oʻzing bilan bizlarning oʻrtamizda bir vaʼdagoh tanlaginki, u sen ham, bizlar ham qarshilik qilmaydigan oʻrta bir joy boʻlsin».У ҳолда бизлар ҳам сенга худди ўшандай сеҳр келтирурмиз. Бас, сен ўзинг билан бизларнинг ўртамизда бир ваъдагоҳ танлагинки, у сен ҳам, бизлар ҳам қаршилик қилмайдиган ўрта бир жой бўлсин».
Firʼavn Muso alayhissalom koʻrsatgan moʻʼjizalarni chindanda sehr deb oʻylagani shu gaplaridan bilinib turibdi. Chunki, oʻsha paytda uning yurtida sehr choʻqqiga chiqqan amal edi. Sehrgarlar aqllarni lol qiladigan sehrlarni koʻrsatar edilar. Sehr va sehrgarlikning jamiyatda katta obroʻyi bor edi. Firʼavnning ham koʻplab sehrgarlari boʻlib, ularga alohida hurmat-eʼtibor koʻrsatardi.
Alloh taolo har zamonning oʻziga mos Paygʻambar yuborib, uning haqligini tasdiqlovchi moʻʼjizani ham oʻsha zamonga moslab beradi. Muso alayhissalomni sehrgarlar mamlakatiga Paygʻambar qilib yubordi, shu bois ham, u kishiga oʻsha yerdagi sehrgarlardan ustun turadigan moʻʼjizalarni berdi.
Firʼavn esa, oʻz sehrgarlariga ishonar, agar oʻrtada musobaqa boʻlsa, ular har qanday sehrgardan gʻolib kelishiga shubha qilmas edi. Shuning uchun ham, u Muso alayhissalomga:
«Bas, albatta, biz ham unga oʻxshash sehr keltiramiz», dedi.
Yaʼni, biz ham sening sehringga oʻxshash sehrni albatta keltiramiz, bu biz uchun oson, dedi.
Firʼavn gʻalabaga chuqur ishonganidan bahslashuv joyi, vaqtini tanlash ixtiyorini ham Muso alayhissalomga havola qildi.
«...biz bilan oʻzing orangda vaʼda vaqti tayin qil...»
Yaʼni, sen qaysi vaqtni xohlasang, oʻsha vaqtda musobaqa oʻtkazamiz, biz uchun farqi yoʻq, dedi.
«...unga biz ham, sen ham xilof qilmaydigan boʻlaylik, oʻrta joy boʻlsin», dedi.
Yaʼni, vaʼda qilingan vaqt ikki tomonga ham oʻngʻay boʻlsin. Yana, musobaqa joyi ham har ikki tomonga qulay boʻlsin, dedi.
Firʼavnning takabburona bu jurʼatiga Muso alayhissalom ham hech ikkilanmasdan, jurʼat bilan javob berdilar: