QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят59

قَالَ مَوْعِدُكُمْ يَوْمُ ٱلزِّينَةِ وَأَن يُحْشَرَ ٱلنَّاسُ ضُحًى

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Va'da vaqtingiz ziynat kuni. Odamlarning choshtgohda to`planishi», dedi.У: «Ваъда вақтингиз зийнат куни. Одамларнинг чоштгоҳда тўпланиши», деди.Alauddin Mansour: (Muso) aytdi: «Vaʼda bayram kuni (toʻplanadigan joy)dir. Odamlar choshgohda toʻplanurlar».(Мусо) айтди: «Ваъда байрам куни (тўпланадиган жой)дир. Одамлар чошгоҳда тўпланурлар».

315-sahifa · 16-juz · 32-hizb315-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиمَوْعِدُكُمْvaʼda vaqtingizваъда вақтингизيَوْمُkuniкуниٱلزِّينَةِziynatзийнатوَأَنva shukiва шукиيُحْشَرَtoʻplanishiтўпланишиٱلنَّاسُodamlarningодамларнингضُحًۭىchoshgohdaчошгоҳда
TafsirТафсир

Allohning koʻzi oʻngida ekanini, Uning eshitib, koʻrib turganini chuqur his etgan, Uning yordami muhaqqaqligiga ishonchlari komil boʻlgan Muso alayhissalom Firʼavndan-da dadil gapirdilar. U kishi Firʼavn va uning sehrgarlari xalq ichida sharmanda boʻlishlarini istar edilar. Shuning uchun ham:

«Vaʼda vaqtingiz ziynat kuni», dedilar.

Misrliklarning «ziynat kuni» degan katta bayrami boʻlib, unda barcha xaloyiq ziynatli kiyimlar kiyib chiqar edilar. Muso alayhissalom, hamma guvoh boʻlsin deb, ziynat kunini tanladilar. Shu bilan birga, u zot oʻsha kunning eng qulay vaqtini ixtiyor qildilar:

«Odamlarning choshgohda toʻplanishi».

Misrda oʻsha paytlarda barcha aholi ishtirok etadigan katta va obroʻli musobaqalar shu vaqtda oʻtkazilar edi.