QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят60

فَتَوَلَّىٰ فِرْعَوْنُ فَجَمَعَ كَيْدَهُۥ ثُمَّ أَتَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Fir'avn qaytib ketdi, so`ngra, hiylasini yig`ib keldi.Бас, Фиръавн қайтиб кетди, сўнгра, ҳийласини йиғиб келди.Alauddin Mansour: Bas, Firʼavn borib, oʻzining makr-nayrangini (yaʼni, sehrgarlarini) yigʻdi. Soʻngra (vaʼda qilingan joyga) keldi.Бас, Фиръавн бориб, ўзининг макр-найрангини (яъни, сеҳргарларини) йиғди. Сўнгра (ваъда қилинган жойга) келди.

315-sahifa · 16-juz · 32-hizb315-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَتَوَلَّىٰbas, qaytib ketdiбас, қайтиб кетдиفِرْعَوْنُFirʼavnФиръавнفَجَمَعَsoʻngra yigʻdiсўнгра йиғдиكَيْدَهُۥhiylasiniҳийласиниثُمَّsoʻngraсўнграأَتَىٰkeldiкелди
TafsirТафсир

Oyati karima qisqa boʻlsa ham, uchta holatni tasvir etmoqda. Avvalo, Firʼavn Muso alayhissalom bilan boʻlgan uchrashuvdan qaytib ketdi. Keyin hiylasini yigʻdi–hamma kuchli sehrgarlarini toʻpladi. Soʻngra, yana qaytib keldi.

Tortishuv, musobaqaga tayyorgarlik nihoyasiga yetdi.

Shunda Muso alayhissalom qarshi tomonga yana bir bor nasihat qildilar.