QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят61

قَالَ لَهُم مُّوسَىٰ وَيْلَكُمْ لَا تَفْتَرُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا فَيُسْحِتَكُم بِعَذَابٍ ۖ وَقَدْ خَابَ مَنِ ٱفْتَرَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga Muso: «Holingizga voy! Allohga nisbatan yolg`on uydirmang, bas, sizni azob ila butunlay halok qilur. Batahqiq, kim yolg`on uydirsa, noumid bo`lur», dedi.Уларга Мусо: «Ҳолингизга вой! Аллоҳга нисбатан ёлғон уйдирманг, бас, сизни азоб ила бутунлай ҳалок қилур. Батаҳқиқ, ким ёлғон уйдирса, ноумид бўлур», деди.Alauddin Mansour: Muso ularga (yaʼni, sehrgarlarga) dedi: «Holinglarga voy! Sizlar Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqimanglar (yaʼni, ochiq moʻʼjizani sehr demanglar), u holda (Alloh) sizlarni azob bilan halok qilur! Yolgʻon toʻqigan kimsalar noumid boʻlishlari aniqdir».Мусо уларга (яъни, сеҳргарларга) деди: «Ҳолингларга вой! Сизлар Аллоҳ шаънига ёлғон тўқиманглар (яъни, очиқ мўъжизани сеҳр деманглар), у ҳолда (Аллоҳ) сизларни азоб билан ҳалок қилур! Ёлғон тўқиган кимсалар ноумид бўлишлари аниқдир».

315-sahifa · 16-juz · 32-hizb315-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиلَهُمulargaуларгаمُّوسَىٰMusoМусоوَيْلَكُمْholingizga voy!ҳолингизга вой!لَاemasэмасتَفْتَرُوا۟uydirmangуйдирмангعَلَى-ga nisbatan-га нисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаكَذِبًۭاyolgʻonёлғонفَيُسْحِتَكُمbas, sizni halok qilurбас, сизни ҳалок қилурبِعَذَابٍۢ ۖazob ilaазоб илаوَقَدْva batahqiqва батаҳқиқخَابَnoumid boʻldiноумид бўлдиمَنِkimкимٱفْتَرَىٰyolgʻon uydirsaёлғон уйдирса
TafsirТафсир

Yaʼni, Muso alayhissalom tortishuvga shay boʻlib turgan sehrgarlarga:

«Holingizga voy! Allohga nisbatan yolgʻon uydirmang...» dedilar.

Yaʼni, Allohga shirk keltirmang! Allohning Oʻz Paygʻambariga bergan moʻʼjizasini sehr demang. Agar shunday desangiz:

«...bas, sizni azob ila butunlay halok qilur».

Oʻsha nobakorligingiz uchun Alloh sizga azob yuborib, butunlay halok etadi, barbod qiladi. Chunki, bu dunyoning umumiy qoidasi shuki:

«Batahqiq, kim yolgʻon uydirsa, noumid boʻlur».

Allohga nisbatan yolgʻon uydirgan kimsa doimo noumid boʻlib kelgan va shunday boʻlib kelmoqda ham, dedi.

Muso alayhissalomning bu gaplaridan baʼzi sehrgarlar taʼsirlanishdi. Ular u kishining nasihatlarini qabul etishni taklif qilishdi. Boshqalari esa, oʻz fikrlarida turib oldilar.