QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят63

قَالُوٓا۟ إِنْ هَـٰذَٰنِ لَسَـٰحِرَٰنِ يُرِيدَانِ أَن يُخْرِجَاكُم مِّنْ أَرْضِكُم بِسِحْرِهِمَا وَيَذْهَبَا بِطَرِيقَتِكُمُ ٱلْمُثْلَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Albatta, bu ikkovi sehrgardirlar. Sizni sehrlari bilan yerlaringizdan chiqarishni va sizning afzal yo`lingizni yo`qotishni xohlarlar.Улар: «Албатта, бу иккови сеҳргардирлар. Сизни сеҳрлари билан ерларингиздан чиқаришни ва сизнинг афзал йўлингизни йўқотишни хоҳларлар.Alauddin Mansour: (Soʻng bir-birlariga) aytdilar: «Albatta bu ikkovi (yaʼni, Muso va Horun) oʻz sehrlari bilan sizlarni yeringizdan chiqarmoqni va yuksak yoʻlingizni (yaʼni, diningizni) yoʻqotmoqni istaydigan sehrgarlardir.(Сўнг бир-бирларига) айтдилар: «Албатта бу иккови (яъни, Мусо ва Ҳорун) ўз сеҳрлари билан сизларни ерингиздан чиқармоқни ва юксак йўлингизни (яъни, динингизни) йўқотмоқни истайдиган сеҳргарлардир.

315-sahifa · 16-juz · 32-hizb315-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوٓا۟dedilarдедиларإِنْalbattaалбаттаهَـٰذَٰنِbu ikkoviбу икковиلَسَـٰحِرَٰنِsehrgardirlarсеҳргардирларيُرِيدَانِxohlaydilarхоҳлайдиларأَن-ki-киيُخْرِجَاكُمsizni chiqarishniсизни чиқаришниمِّنْ-dan-данأَرْضِكُمyerlaringizdanерларингизданبِسِحْرِهِمَاsehrlari bilanсеҳрлари биланوَيَذْهَبَاva yoʻqotishniва йўқотишниبِطَرِيقَتِكُمُyoʻlingizniйўлингизниٱلْمُثْلَىٰafzalафзал
TafsirТафсир

Ushbu ikki oyat sehrgarlarning oʻzaro pichirlashib, tortishib kelgan xulosalarini bayon etmoqda. Ular bir-birlariga:

«Albatta, bu ikkovi sehrgardirlar», deyishdi.

Yaʼni, mana bu ikki shaxs–Muso bilan Horun Paygʻambar emas, sehrgarlardir.

«Sizni sehrlari bilan yerlaringizdan chiqarishni va sizning afzal yoʻlingizni yoʻqotishni xohlarlar.»

Aftidan, sehrgarlarning Firʼavnga laganbardorlik qilishlari oʻzaro tortishuvga ham taʼsirini oʻtkazgan koʻrinadi. Ular xoʻjayinlarining Muso alayhissalomga qilgan tuhmatini mahkam ushlab olib, sheriklariga: «Sizni sehrlab, yeringizdan chiqarishni xohlaydilar», demoqdalar. Tugʻyonga ketgan podshohning gapi, albatta, u turgan yurtda hal qiluvchi omil boʻladi. Soʻngra, laganbardorlar xoʻjayinlari gapiga oʻzlarinikini ham qoʻshib: «Sizning afzal yoʻlingizni yoʻqotishni xohlaydilar», deb qoʻydilar. Bu bilan ular, «ota-bobolaringiz qoldirgan din, urf-odatlarni yoʻqotadi», demoqchilar.

Demak, vatan, dinu diyonat, urf-odat va ota-bobolar merosi xavf ostida. Ularni himoya qilish kerak. Ana shunday sharafli va mashaqqatli ishga xoʻjayin siz bilan bizni munosib koʻrdi. Endi, turli gap-soʻzlarni yigʻishtirib:

«...makr-hiylangizni jamlab, bir saf boʻlib keling».

Bir saf boʻlib, bir jonu bir tan boʻlib, vatanni, dinu diyonatni, urf-odatlarimizni va ota-bobolarimizning merosini himoya qilish vaqti keldi. Shunday nozik paytda biz fidokor boʻlmasak, kim boʻladi.

«Batahqiq, bugungi kunda kim ustun kelsa, oʻsha gʻolib boʻlur», dedilar.

Firʼavnning gumashtalari Alloh tomonidan kelgan haqni botil deb, oʻz botillarini haq deb, baholab boʻlganlaridan keyin, Muso alayhissalomga xitob qildilar.