فَأَجْمِعُوا۟ كَيْدَكُمْ ثُمَّ ٱئْتُوا۟ صَفًّا ۚ وَقَدْ أَفْلَحَ ٱلْيَوْمَ مَنِ ٱسْتَعْلَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, makr-hiylangizni jamlab, bir saf bo`lib keling. Batahqiq, bugungi kunda kim ustun kelsa, o`sha g`olib bo`lur», dedilar.Бас, макр-ҳийлангизни жамлаб, бир саф бўлиб келинг. Батаҳқиқ, бугунги кунда ким устун келса, ўша ғолиб бўлур», дедилар.Alauddin Mansour: Bas, makr-hiylangizni yigʻingiz, soʻng bir saf boʻlib kelingiz. Bugun ustun boʻlgan kishilar najot topurlar».Бас, макр-ҳийлангизни йиғингиз, сўнг бир саф бўлиб келингиз. Бугун устун бўлган кишилар нажот топурлар».
Ushbu ikki oyat sehrgarlarning oʻzaro pichirlashib, tortishib kelgan xulosalarini bayon etmoqda. Ular bir-birlariga:
«Albatta, bu ikkovi sehrgardirlar», deyishdi.
Yaʼni, mana bu ikki shaxs–Muso bilan Horun Paygʻambar emas, sehrgarlardir.
«Sizni sehrlari bilan yerlaringizdan chiqarishni va sizning afzal yoʻlingizni yoʻqotishni xohlarlar.»
Aftidan, sehrgarlarning Firʼavnga laganbardorlik qilishlari oʻzaro tortishuvga ham taʼsirini oʻtkazgan koʻrinadi. Ular xoʻjayinlarining Muso alayhissalomga qilgan tuhmatini mahkam ushlab olib, sheriklariga: «Sizni sehrlab, yeringizdan chiqarishni xohlaydilar», demoqdalar. Tugʻyonga ketgan podshohning gapi, albatta, u turgan yurtda hal qiluvchi omil boʻladi. Soʻngra, laganbardorlar xoʻjayinlari gapiga oʻzlarinikini ham qoʻshib: «Sizning afzal yoʻlingizni yoʻqotishni xohlaydilar», deb qoʻydilar. Bu bilan ular, «ota-bobolaringiz qoldirgan din, urf-odatlarni yoʻqotadi», demoqchilar.
Demak, vatan, dinu diyonat, urf-odat va ota-bobolar merosi xavf ostida. Ularni himoya qilish kerak. Ana shunday sharafli va mashaqqatli ishga xoʻjayin siz bilan bizni munosib koʻrdi. Endi, turli gap-soʻzlarni yigʻishtirib:
«...makr-hiylangizni jamlab, bir saf boʻlib keling».
Bir saf boʻlib, bir jonu bir tan boʻlib, vatanni, dinu diyonatni, urf-odatlarimizni va ota-bobolarimizning merosini himoya qilish vaqti keldi. Shunday nozik paytda biz fidokor boʻlmasak, kim boʻladi.
«Batahqiq, bugungi kunda kim ustun kelsa, oʻsha gʻolib boʻlur», dedilar.
Firʼavnning gumashtalari Alloh tomonidan kelgan haqni botil deb, oʻz botillarini haq deb, baholab boʻlganlaridan keyin, Muso alayhissalomga xitob qildilar.