QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят66

قَالَ بَلْ أَلْقُوا۟ ۖ فَإِذَا حِبَالُهُمْ وَعِصِيُّهُمْ يُخَيَّلُ إِلَيْهِ مِن سِحْرِهِمْ أَنَّهَا تَسْعَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Yo`q. Sizlar tashlang», dedi. Birdan ularning arqonlari va asolari unga sehrlaridan xuddi harakatlanayotgandek bo`lib ko`rindi.У: «Йўқ. Сизлар ташланг», деди. Бирдан уларнинг арқонлари ва асолари унга сеҳрларидан худди ҳаракатланаётгандек бўлиб кўринди.Alauddin Mansour: (Muso) aytdi: «Yoʻq, sizlar tashlanglar». (Ular qoʻllaridagi aso va iplarini tashlagan edilar) banogoh iplari va asolari sehr qilganlari sababli (Musoga) yurib ketayotgandek tuyuldi.(Мусо) айтди: «Йўқ, сизлар ташланглар». (Улар қўлларидаги асо ва ипларини ташлаган эдилар) баногоҳ иплари ва асолари сеҳр қилганлари сабабли (Мусога) юриб кетаётгандек туюлди.

316-sahifa · 16-juz · 32-hizb316-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиبَلْyoʻqйўқأَلْقُوا۟ ۖsizlar tashlangсизлар ташлангفَإِذَاbirdanбирданحِبَالُهُمْularning arqonlariуларнинг арқонлариوَعِصِيُّهُمْva asolariва асолариيُخَيَّلُkoʻrindiкўриндиإِلَيْهِungaунгаمِن-dan-данسِحْرِهِمْsehrlaridanсеҳрлариданأَنَّهَاgoʻyo ularгўё уларتَسْعَىٰharakatlanayotgandekҳаракатланаётгандек
TafsirТафсир

Muso alayhissalom sehrgarlarga oldin boshlashga imkon berdilar. «U: «Yoʻq. Sizlar tashlang», dedi». Yaʼni, yoʻq, men avval tashlamayman, avval sizlar tashlanglar, dedilar. Sehrgarlar qoʻllaridagi arqon va asolarini yerga tashladilar. «Birdan ularning arqonlari va asolari unga sehrlaridan xuddi harakatlanayotgandek boʻlib koʻrindi.» Sehrgarlarning yerga tashlagan arqon va asolari Muso alayhissalomga ularning sehri sababli xuddi harakatlanayotgandek boʻlib koʻrindi.