قُلْنَا لَا تَخَفْ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْأَعْلَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz: «Qo`rqma, albatta, sen ustunsan.Биз: «Қўрқма, албатта, сен устунсан.Alauddin Mansour: Biz aytdik: «Qoʻrqmagin. Albatta sen oʻzing gʻolib boʻlguvchisan.Биз айтдик: «Қўрқмагин. Албатта сен ўзинг ғолиб бўлгувчисан.
Oʻsha payt Alloh Muso alayhissalomni qoʻlladi. Ey Muso:
«Qoʻrqma, albatta, sen ustunsan», dedi.
Shu bilan u zotning sehrgarlardan ustun kelishlari muqarrar ekanini yana bir bor taʼkidladi. Soʻngra, Alloh taolo Muso alayhissalomga nima qilish kerakligini oʻrgatdi:
«Qoʻlingdagi narsani tashlagin, ularning qilgan hunarini yutib yuborur».
Qoʻlingdagi asoni yerga tashlagin, sehrgarlar koʻrsatayotgan sehrni yutib yuboradi, dedi.
«Ularning qilgan hunari sehrgarning hiylasi, xolos.»
Undan boshqa narsa emas. Ularning ishlari faqat hiyla-nayrang, xolos. Qoʻrqishning hojati yoʻq.
«Sehrgar qayerda boʻlsa ham, zafar topmas.»
Hiyla-nayrang hech qachon zafar topmagan. Bu safar ham zafar topmaydi. Firʼavnlar va ularning gumashtalari, sehrgarlari doimo hiyla-nayranglar ila xalqning koʻzini boʻyab kelganlar. Ularning botili haq koʻrinmagan paytda oʻtadi, xolos. Haq kelganida, botil yoʻq boʻladi. Sen Robbingdan haq keltirding, endi ularning botili yoʻqoladi.
Alloh taoloning amri ila Muso alayhissalom qoʻllaridagi asoni yerga tashladilar. U sehrgarlarning hunarini yutib yubordi.