QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят69

وَأَلْقِ مَا فِى يَمِينِكَ تَلْقَفْ مَا صَنَعُوٓا۟ ۖ إِنَّمَا صَنَعُوا۟ كَيْدُ سَـٰحِرٍ ۖ وَلَا يُفْلِحُ ٱلسَّاحِرُ حَيْثُ أَتَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qo`lingdagi narsani tashlagin, ularning qilgan hunarini yutib yuborur. Ularning qilgan hunari sehrgarning hiylasi, xolos. Sehrgar qayerda bo`lsa ham, zafar topmas», dedik.Қўлингдаги нарсани ташлагин, уларнинг қилган ҳунарини ютиб юборур. Уларнинг қилган ҳунари сеҳргарнинг ҳийласи, холос. Сеҳргар қаерда бўлса ҳам, зафар топмас», дедик.Alauddin Mansour: Qoʻlingdagi narsani (yaʼni, asoingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagan narsalari faqat bir sehrgarning makri-hiylasi, xolos. Sehrgar esa qayerda boʻlmasin zafar topmas».Қўлингдаги нарсани (яъни, асоингни) ташлагин, улар ясаган нарсаларни ютиб юборур. Уларнинг ясаган нарсалари фақат бир сеҳргарнинг макри-ҳийласи, холос. Сеҳргар эса қаерда бўлмасин зафар топмас».

316-sahifa · 16-juz · 32-hizb316-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَلْقِva tashlaginва ташлагинمَاnarsaniнарсаниفِى-dagi-дагиيَمِينِكَoʻng qoʻlingdagiўнг қўлингдагиتَلْقَفْyutib yuborurютиб юборурمَاnarsaniнарсаниصَنَعُوٓا۟ ۖular qilganулар қилганإِنَّمَاfaqatфақатصَنَعُوا۟ular qilgan narsaулар қилган нарсаكَيْدُhiylasiҳийласиسَـٰحِرٍۢ ۖsehrgarningсеҳргарнингوَلَاva emasва эмасيُفْلِحُzafar topurзафар топурٱلسَّاحِرُsehrgarсеҳргарحَيْثُqayerdaқаердаأَتَىٰkelsa hamкелса ҳам
TafsirТафсир

Oʻsha payt Alloh Muso alayhissalomni qoʻlladi. Ey Muso:

«Qoʻrqma, albatta, sen ustunsan», dedi.

Shu bilan u zotning sehrgarlardan ustun kelishlari muqarrar ekanini yana bir bor taʼkidladi. Soʻngra, Alloh taolo Muso alayhissalomga nima qilish kerakligini oʻrgatdi:

«Qoʻlingdagi narsani tashlagin, ularning qilgan hunarini yutib yuborur».

Qoʻlingdagi asoni yerga tashlagin, sehrgarlar koʻrsatayotgan sehrni yutib yuboradi, dedi.

«Ularning qilgan hunari sehrgarning hiylasi, xolos.»

Undan boshqa narsa emas. Ularning ishlari faqat hiyla-nayrang, xolos. Qoʻrqishning hojati yoʻq.

«Sehrgar qayerda boʻlsa ham, zafar topmas.»

Hiyla-nayrang hech qachon zafar topmagan. Bu safar ham zafar topmaydi. Firʼavnlar va ularning gumashtalari, sehrgarlari doimo hiyla-nayranglar ila xalqning koʻzini boʻyab kelganlar. Ularning botili haq koʻrinmagan paytda oʻtadi, xolos. Haq kelganida, botil yoʻq boʻladi. Sen Robbingdan haq keltirding, endi ularning botili yoʻqoladi.

Alloh taoloning amri ila Muso alayhissalom qoʻllaridagi asoni yerga tashladilar. U sehrgarlarning hunarini yutib yubordi.