QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят70

فَأُلْقِىَ ٱلسَّحَرَةُ سُجَّدًا قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِرَبِّ هَـٰرُونَ وَمُوسَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, sehrgarlar: «Horun va Musoning Robbiga iymon keltirdik», deb sajdaga tashlandilar.Бас, сеҳргарлар: «Ҳорун ва Мусонинг Роббига иймон келтирдик», деб саждага ташландилар.Alauddin Mansour: (Muso asosini tashlagach, sehrgarlarning bor yasagan narsalarini yutib yubordi). Bas, sehrgarlar sajda qilgan hollarida (yerga) tashlanib: «Horun va Musoning Parvardigoriga iymon keltirdik», dedilar.(Мусо асосини ташлагач, сеҳргарларнинг бор ясаган нарсаларини ютиб юборди). Бас, сеҳргарлар сажда қилган ҳолларида (ерга) ташланиб: «Ҳорун ва Мусонинг Парвардигорига иймон келтирдик», дедилар.

316-sahifa · 16-juz · 32-hizb316-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأُلْقِىَbas, tashlandilarбас, ташландиларٱلسَّحَرَةُsehrgarlarсеҳргарларسُجَّدًۭاsajda qilgan holdaсажда қилган ҳолдаقَالُوٓا۟dedilarдедиларءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикبِرَبِّRobbigaРоббигаهَـٰرُونَHorunningҲоруннингوَمُوسَىٰva Musoningва Мусонинг
TafsirТафсир

Ular sehrgar boʻlganlari uchun sehrning kayfiyatini yaxshi bilar edilar. Ular Muso alayhissalom koʻrsatgan hunar sehr emas, Allohning moʻʼjizasi ekanini darhol angladilar. Ular Muso alay- hissalom oʻzlari kabi hiyla-nayrangchi emas, Allohning haqiqiy Paygʻambari ekanini zudlik bilan anglab yetdilar. Shuning uchun ham:

«Horun va Musoning Robbiga iymon keltirdik», deb sajdaga tashlandilar».

Ularning qalbiga iymon nuri yetib bordi. Ular bu nur tomon jon-jahdlari bilan intildilar. Shuning uchun ham, iymonlarini oshkor etib, sajdaga «tashlandilar», oddiy sajda qilmadilar, balki sajdaga oʻzlarini otdilar.

Eng ishongan odamlaridan bu holni koʻrgan Firʼavn nima qilishi kerak edi? Agar u sof tabiatli boʻlganida, oʻzini oʻnglab haqni tan olardi. Ammo u sof tabiatini yoʻqotib, tugʻyonga ketgan, odamlar ustidan hukm yuritaverib, oʻzini xudo his qilib qolgan, oʻzining ishorasisiz biror ish boʻlmasligiga odatlangan, odamiyligini kibrga sotgan bir maxluq edi. Shuning uchun ham, u tamoman teskari yoʻl tutdi.