QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят7

وَإِن تَجْهَرْ بِٱلْقَوْلِ فَإِنَّهُۥ يَعْلَمُ ٱلسِّرَّ وَأَخْفَى

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen agar so`zda ovozingni yuksaltirsang ham. Bas, albatta, U sirni ham, maxfiyni ham bilguvchidir.Сен агар сўзда овозингни юксалтирсанг ҳам. Бас, албатта, У сирни ҳам, махфийни ҳам билгувчидир.Alauddin Mansour: Agar siz oshkora gapirsangiz ham, (va yoki) xufyona gapirsangiz ham, U zotga barobardir. Zero, U sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham bilur.Агар сиз ошкора гапирсангиз ҳам, (ва ёки) хуфёна гапирсангиз ҳам, У зотга баробардир. Зеро, У сирни ҳам, энг махфий нарсаларни ҳам билур.

312-sahifa · 16-juz · 32-hizb312-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva agarва агарتَجْهَرْovozingni yuksaltirsangовозингни юксалтирсангبِٱلْقَوْلِsoʻzdaсўздаفَإِنَّهُۥbas, albatta, Uбас, албатта, Уيَعْلَمُbiladiбиладиٱلسِّرَّsirniсирниوَأَخْفَىva maxfiyniва махфийни
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Muhammad, sen hozir ovozingni chiqarib, Allohga duo qilmoqdasan. Holbuki, iltijo qilmasang ham, Alloh barcha hojatlaringni bilib turadi. Chunki, u ovoz chiqarib aytilgan gap u yoqda tursin, sir tutilgan soʻzlar, maxfiy qilingan xayollar, niyatlar va xotiralarni ham yaxshi bilguvchi Zotdir.

Bu xitob bilan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga taskin berilmoqda, u zotning qalblari xotirjam qilinmoqda. Yaʼni, Robbing doimo sen bilan birga, qilayotgan ishlaringni koʻrib, aytayotgan gaplaringni eshitib, oʻy-xayollaringdan ham xabardor boʻlib turibdi. Seni yolgʻiz tashlab qoʻygani yoʻq, deyilmoqda.