إِنَّهُۥ مَن يَأْتِ رَبَّهُۥ مُجْرِمًا فَإِنَّ لَهُۥ جَهَنَّمَ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَلَا يَحْيَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shubhasiz, kim Robbiga jinoyatchi bo`lgan holida kelsa, unga albatta jahannam bordir. U yerda u o`lib o`lmas, yashab yashamas.Шубҳасиз, ким Роббига жиноятчи бўлган ҳолида келса, унга албатта жаҳаннам бордир. У ерда у ўлиб ўлмас, яшаб яшамас.Alauddin Mansour: Hech shubha yoʻqki, kimda-kim Parvardigorining (huzuriga) jinoyatchi-kofir boʻlgan holda kelsa, u holda albatta uning uchun jahannam bor boʻlib, u (kofir) u joyda na oʻla olur va na yashay olur.Ҳеч шубҳа йўқки, кимда-ким Парвардигорининг (ҳузурига) жиноятчи-кофир бўлган ҳолда келса, у ҳолда албатта унинг учун жаҳаннам бор бўлиб, у (кофир) у жойда на ўла олур ва на яшай олур.
Yaʼni, kim qiyomat kuni Alloh taologa kofir va osiy holida yoʻliqsa, jahannamga tashlanadi. Jahannamda esa, doimiy azobda qoladi. Oʻlib qutulib ketay, desa, oʻla olmaydi. Tuzukroq yashay, desa, hammayoqdan oʻlim qisib keladi.