وَمَن يَأْتِهِۦ مُؤْمِنًا قَدْ عَمِلَ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلدَّرَجَـٰتُ ٱلْعُلَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim Unga mo`min o`laroq, yaxshi amallar qilgan holida kelsa, bas, ana o`shalarga oliy darajalar.Ким Унга мўмин ўлароқ, яхши амаллар қилган ҳолида келса, бас, ана ўшаларга олий даражалар.Alauddin Mansour: Kim u zotga yaxshi amallar qilgan moʻmin holida kelsa, bas, ana oʻsha (kishilar) uchun yuksak darajalar.Ким у зотга яхши амаллар қилган мўмин ҳолида келса, бас, ана ўша (кишилар) учун юксак даражалар.
Koʻrinib turibdiki, bu hol kofirlarning holidan tamoman boshqacha holat.
«Kim Unga moʻmin oʻlaroq, yaxshi amallar qilgan holida kelsa, bas, ana oʻshalarga oliy darajalar.»
Bu dunyoda Allohga iymon keltirib, yaxshi amal qilib oʻtganlar u dunyoda oliy darajalarga erishadilar.
«Ostidan anhorlar oqib turgan adn jannatlari bor. Unda abadiy qolurlar. Ana shu, pok boʻlganning mukofotidir.»
Ular Adn jannatlarga kiradilar. Uning daraxtlari ostidan anhorlar toʻlib oqib turadi. U yerga abadiy yashash uchun tusharlar. Ana u–hayotmisan, hayot! Bunday mukofotga oʻz-oʻzidan erishib boʻlmaydi. Hayoti dunyoda oʻzini pok tutganlargina bunga erishadilar.
Iymonga kelgan sehrgarlarning Firʼavnga aytgan ushbu gaplari bilan qissaning yana bir qirrasi tugaydi.
Ziynat kuni omma oldida boʻlib oʻtgan olishuv haqning botil ustidan gʻalaba qilishi bilan yakun topdi. Lekin bu maʼnaviy gʻalaba edi. Hali zohiriy kuch-quvvat botil tomonida edi. Koʻpchilik oldida sharmandasi chiqib magʻlub boʻlgan Firʼavn endi ogʻzaki doʻq-poʻpisalarni ham yigʻishtirib qoʻyib, askarlarini ishga soldi, Muso alayhissalom boshliq Bani Isroilliklarni qirib tashlash payiga tushdi. Shunda Alloh taolo Muso alayhissalomga koʻrsatma berdi: