QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят76

جَنَّـٰتُ عَدْنٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ جَزَآءُ مَن تَزَكَّىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ostidan anhorlar oqib turgan adn jannatlari bor. Unda abadiy qolurlar. Ana shu, pok bo`lganning mukofotidir.Остидан анҳорлар оқиб турган адн жаннатлари бор. Унда абадий қолурлар. Ана шу, пок бўлганнинг мукофотидир.Alauddin Mansour: Ostidan daryolar oqadigan, ular abadiy qoladigan jannatlar boʻlur. Bu (shirku-kufrdan) pok boʻlgan kishilarning mukofotidir!Остидан дарёлар оқадиган, улар абадий қоладиган жаннатлар бўлур. Бу (ширку-куфрдан) пок бўлган кишиларнинг мукофотидир!

316-sahifa · 16-juz · 32-hizb316-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
جَنَّـٰتُjannatlarжаннатларعَدْنٍۢadnаднتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاuning ostidanунинг остиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларخَـٰلِدِينَabadiy qoluvchi holdaабадий қолувчи ҳолдаفِيهَا ۚundaундаوَذَٰلِكَva ana shuва ана шуجَزَآءُmukofotidirмукофотидирمَنkimningкимнингتَزَكَّىٰpok boʻlganningпок бўлганнинг
TafsirТафсир

Koʻrinib turibdiki, bu hol kofirlarning holidan tamoman boshqacha holat.

«Kim Unga moʻmin oʻlaroq, yaxshi amallar qilgan holida kelsa, bas, ana oʻshalarga oliy darajalar.»

Bu dunyoda Allohga iymon keltirib, yaxshi amal qilib oʻtganlar u dunyoda oliy darajalarga erishadilar.

«Ostidan anhorlar oqib turgan adn jannatlari bor. Unda abadiy qolurlar. Ana shu, pok boʻlganning mukofotidir.»

Ular Adn jannatlarga kiradilar. Uning daraxtlari ostidan anhorlar toʻlib oqib turadi. U yerga abadiy yashash uchun tusharlar. Ana u–hayotmisan, hayot! Bunday mukofotga oʻz-oʻzidan erishib boʻlmaydi. Hayoti dunyoda oʻzini pok tutganlargina bunga erishadilar.

Iymonga kelgan sehrgarlarning Firʼavnga aytgan ushbu gaplari bilan qissaning yana bir qirrasi tugaydi.

Ziynat kuni omma oldida boʻlib oʻtgan olishuv haqning botil ustidan gʻalaba qilishi bilan yakun topdi. Lekin bu maʼnaviy gʻalaba edi. Hali zohiriy kuch-quvvat botil tomonida edi. Koʻpchilik oldida sharmandasi chiqib magʻlub boʻlgan Firʼavn endi ogʻzaki doʻq-poʻpisalarni ham yigʻishtirib qoʻyib, askarlarini ishga soldi, Muso alayhissalom boshliq Bani Isroilliklarni qirib tashlash payiga tushdi. Shunda Alloh taolo Muso alayhissalomga koʻrsatma berdi: