وَلَقَدْ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِى فَٱضْرِبْ لَهُمْ طَرِيقًا فِى ٱلْبَحْرِ يَبَسًا لَّا تَخَـٰفُ دَرَكًا وَلَا تَخْشَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Musoga: «Sen bandalarim ila kechasi yo`lga tush, ularga dengizdan quruq yo`l och, yetib olishlaridan xavf qilma va qo`rqma», deb vahiy qildik.Батаҳқиқ, Биз Мусога: «Сен бандаларим ила кечаси йўлга туш, уларга денгиздан қуруқ йўл оч, етиб олишларидан хавф қилма ва қўрқма», деб ваҳий қилдик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz Musoga: «Sen bandalarimni (yaʼni, Bani Isroilni) tunda olib ketib, ular uchun (suvi) qurigan dengizni yoʻl qil — (ortlaringdan Firʼavn) yetib olishidan xavf qilma va (dengizga gʻarq boʻlishdan ham) qoʻrqma», deb vahiy yuborganmiz.Дарҳақиқат, Биз Мусога: «Сен бандаларимни (яъни, Бани Исроилни) тунда олиб кетиб, улар учун (суви) қуриган денгизни йўл қил — (ортларингдан Фиръавн) етиб олишидан хавф қилма ва (денгизга ғарқ бўлишдан ҳам) қўрқма», деб ваҳий юборганмиз.
Alloh taolo ixcham iborali bu oyati karimada Paygʻambari Muso alayhissalomga Bani Isroil xalqini Firʼavn zulmidan qutqarib, Misrdan olib chiqib ketishning butun boshli rejasini bayon qilib bermoqda. Chunki, vaqt ziq. Gapni choʻzishning foydasi yoʻq. Firʼavn askarlari bilan yopirilib kelmoqda. Ey Muso:
«Sen bandalarim ila kechasi yoʻlga tush...»
Dushman gʻaflat uyqusida yotganida birovga koʻrinmay, yetar joyingizga yetib olasizlar.
«...ularga dengizdan quruq yoʻl och...»
Ey Muso, sen bandalarimga–Bani Isroilga dengizdan, yaʼni suvdan quruq yoʻl och, ular oʻsha yoʻldan oʻtib, Firʼavn zulmi va taʼqibidan qutulsinlar. Firʼavn va uning askarlarining sizlarga:
«...yetib olishlaridan xavf qilma...»
Ular sizlarga yeta olmaydilar. Hamda dengizga gʻarq boʻlishdan:
«... qoʻrqma...»
Oʻzim saqlayman.
«...deb vahiy qildik.»
Muso alayhissalom Alloh taoloning aytganlarini amalga oshirdilar. Bani Isroil bilan kechasi yoʻlga chiqdilar. Dengizga bordilar, asolari bilan urib, yoʻl ochdilar. Allohning amri ila dengiz ikkiga yorilib, quruq yer–yoʻl ochildi. Bani Isroil eson-omon oʻtib oldi.