QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят79

وَأَضَلَّ فِرْعَوْنُ قَوْمَهُۥ وَمَا هَدَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fir'avn o`z qavmini adashtirdi, to`g`ri yo`lga boshlamadi.Фиръавн ўз қавмини адаштирди, тўғри йўлга бошламади.Alauddin Mansour: Firʼavn qavmini Toʻgʻri Yoʻlga boshlamadi, (balki) Toʻgʻri Yoʻldan ozdirdi.Фиръавн қавмини Тўғри Йўлга бошламади, (балки) Тўғри Йўлдан оздирди.

317-sahifa · 16-juz · 32-hizb317-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَضَلَّva adashtirdiва адаштирдиفِرْعَوْنُFirʼavnФиръавнقَوْمَهُۥoʻz qavminiўз қавминиوَمَاva emasва эмасهَدَىٰtoʻgʻri yoʻlga boshladiтўғри йўлга бошлади
TafsirТафсир

Oqibatda hammalari halok boʻldilar. Xudoga emas, Firʼavnlarga ergashganlar doimo shunday oqibat topadilar.

Alloh taolo Firʼavn va uning askarlarini gʻarq etib, Bani Isroilni zulm, jabr-sitamdan ozod qildi. Ular xursand boʻlib, gʻalaba nashidasida turganlarida, Alloh taolo neʼmatlarini eslatdi.