QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят80

يَـٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ قَدْ أَنجَيْنَـٰكُم مِّنْ عَدُوِّكُمْ وَوَٰعَدْنَـٰكُمْ جَانِبَ ٱلطُّورِ ٱلْأَيْمَنَ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكُمُ ٱلْمَنَّ وَٱلسَّلْوَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, Bani Isroil, batahqiq, Biz sizni dushmaningizdan qutqardik va siz bilan Turning o`ng tomonini va'dalashdik hamda sizlarga mann va bedana tushirdik.Эй, Бани Исроил, батаҳқиқ, Биз сизни душманингиздан қутқардик ва сиз билан Турнинг ўнг томонини ваъдалашдик ҳамда сизларга манн ва бедана туширдик.Alauddin Mansour: Ey Bani Isroil, Biz sizlarga dushmaningizdan najot berdik va sizlarga (yaʼni, Musoga) Tavrot nozil qilish uchun Tur (togʻining) oʻng tomonini vaʼdalashdik va sizlarga shirinlik, bedanalar yogʻdirib, (dedik):Эй Бани Исроил, Биз сизларга душманингиздан нажот бердик ва сизларга (яъни, Мусога) Таврот нозил қилиш учун Тур (тоғининг) ўнг томонини ваъдалашдик ва сизларга ширинлик, беданалар ёғдириб, (дедик):

317-sahifa · 16-juz · 32-hizb317-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰبَنِىٓey Baniэй БаниإِسْرَٰٓءِيلَIsroilИсроилقَدْbatahqiqбатаҳқиқأَنجَيْنَـٰكُمBiz sizni qutqardikБиз сизни қутқардикمِّنْ-dan-данعَدُوِّكُمْdushmaningizdanдушманингизданوَوَٰعَدْنَـٰكُمْva siz bilan vaʼdalashdikва сиз билан ваъдалашдикجَانِبَtomoniniтомониниٱلطُّورِTurningТурнингٱلْأَيْمَنَoʻngўнгوَنَزَّلْنَاva tushirdikва туширдикعَلَيْكُمُsizlargaсизларгаٱلْمَنَّmannманнوَٱلسَّلْوَىٰva bedanaва бедана
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu oyati karimada Bani Isroilga Oʻzining uch turlik neʼmatini eslatmoqda. Ularning birinchisi:

«...biz sizni dushmaningizdan qutqardik...» degan jumlada aksini topgandir.

Ikkinchisi esa, ularning diniy hayotlariga aloqador neʼmat:

«...siz bilan Turning oʻng tomonini vaʼdalashdik...»

Yaʼni, Misr bilan Falastinning oʻrtasida joylashgan Tur togʻining oʻng tomonida Muso alayhissalom bilan muloqot boʻlishi, diniy ishlarga ahamiyat berilishi, Allohning u zot bilan gaplashishi va Tavrot nozil qilinishi Bani Isroil uchun katta neʼmat edi.

Uchinchi neʼmat dunyoviy boʻlib, u oyatning «...hamda sizlarga mann va bedana tushirdik», degan jumlasida aksini topgan. Oʻtgan suralarda mann va salva–bedana haqida batafsil soʻz yuritilgan.

Keyingi oyatda Alloh taoloning Bani Isroilga xitobi davom etadi: