كُلُوا۟ مِن طَيِّبَـٰتِ مَا رَزَقْنَـٰكُمْ وَلَا تَطْغَوْا۟ فِيهِ فَيَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبِى ۖ وَمَن يَحْلِلْ عَلَيْهِ غَضَبِى فَقَدْ هَوَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz sizga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar, unda haddingizdan oshmang, yana, boshingizga g`azabim tushib qolmasin. Kimning boshiga g`azabim tushsa, bas, batahqiq, halok bo`libdi.Биз сизга ризқ қилиб берган пок нарсалардан енглар, унда ҳаддингиздан ошманг, яна, бошингизга ғазабим тушиб қолмасин. Кимнинг бошига ғазабим тушса, бас, батаҳқиқ, ҳалок бўлибди.Alauddin Mansour: «Sizlarni bahramand qilgan pok rizqlarimizdan yenglar va ularga (shukr qilmaslik bilan) haddan oshmanglarki, u holda ustingizga Mening gʻazabim tushar. Mening gʻazabim kimning ustiga tushar ekan, u muhaqqaq halok boʻlur.«Сизларни баҳраманд қилган пок ризқларимиздан енглар ва уларга (шукр қилмаслик билан) ҳаддан ошмангларки, у ҳолда устингизга Менинг ғазабим тушар. Менинг ғазабим кимнинг устига тушар экан, у муҳаққақ ҳалок бўлур.
Alloh taolo rizq qilib bergan halol-pok narsalardan yeb, huzurlanishga har bir bandaning haqqi bor. Bani Isroilliklar Firʼavn istibdodi ostida turganlarida ushbu neʼmatlardan birmuncha mahrum boʻlgan edilar. Zulmdan qutulganlaridan keyin istaklarini ijobat qilib, Alloh taolo ularga osmondan goʻshtga qoʻshib yeyiladigan mann va bedana goʻshtini tushirib turdi. Albatta, boshqa neʼmatlar ham bor edi.
Ushbu oyati karimada Alloh taolo Bani Isroilga neʼmatlardan bahramand boʻlish bilan birga, ularda tugʻyonga ketmaslik, haddan oshmaslik zarurligini ham eslatmoqda:
«Biz sizga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar, unda haddingizdan oshmang...»
Pok narsalardan yeganingiz yaxshi. Ammo haddan oshib, tugʻyonga ketmang. Oʻy-xayolingiz, dardu fikringiz yemoq boʻlib qolmasin. Dunyodagi masʼuliyatingizni unutib, taomning ortidan tushib qolmang. Hayotni taom yeyishdan iborat qilib qoʻymang.
«...yana, boshingizga gʻazabim tushib qolmasin.»
Chunki, doimo tugʻyonga ketganlarga gʻazabim yogʻilgan.
«Kimning boshiga gʻazabim tushsa, bas, batahqiq, halok boʻlibdi.»
Chunki, Mening gʻazabimga uchragan odam hech qachon qutula olmaydi.