QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят82

وَإِنِّى لَغَفَّارٌ لِّمَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا ثُمَّ ٱهْتَدَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Men tavba qilgan, iymon keltirib, yaxshi amal qilgan, so`ngra to`g`ri yurganlarni ko`plab mag`firat qilguvchiman.Албатта, Мен тавба қилган, иймон келтириб, яхши амал қилган, сўнгра тўғри юрганларни кўплаб мағфират қилгувчиман.Alauddin Mansour: Va men tavba qilgan, hamda iymon keltirib yaxshi amallar qilgan, soʻngra Toʻgʻri Yoʻlga yurgan kishilarni magʻfirat qilguvchidirman».Ва мен тавба қилган, ҳамда иймон келтириб яхши амаллар қилган, сўнгра Тўғри Йўлга юрган кишиларни мағфират қилгувчидирман».

317-sahifa · 16-juz · 32-hizb317-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنِّىva albatta, Menва албатта, Менلَغَفَّارٌۭkoʻplab magʻfirat qilguvchimanкўплаб мағфират қилгувчиманلِّمَنkimkiкимкиتَابَtavba qilganтавба қилганوَءَامَنَva iymon keltirganва иймон келтирганوَعَمِلَva qilganва қилганصَـٰلِحًۭاyaxshi amalяхши амалثُمَّsoʻngraсўнграٱهْتَدَىٰtoʻgʻri yurganтўғри юрган
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada «tavba» ogʻiz bilan aytiladigan soʻz emas, balki iymon, amal va toʻgʻri yoʻlda bardavom yurishlikdan iborat ekanligi yaqqol koʻrinib turibdi. Alloh taolo:

«Albatta, Men tavba qilgan»larni koʻplab magʻfirat qiluvchiman, demayapti. Balki tavbadan soʻng qilinishi lozim boʻlgan muhim amallarni sanab oʻtmoqda:

— iymon keltirib,

— yaxshi amal qilgan,

— soʻngra toʻgʻri yurganlarni koʻplab magʻfirat qilguvchiman, demoqda. Ana oʻsha shartlarni bajargan kishigina Alloh taolodan gunohlarini kechirishini umid qilsa boʻladi. Ogʻzida «tavba qildim» deb qoʻyib, yana bilganini qilaveradiganlar bu qatorga kirmaydi.

Firʼavn va uning askarlari ustidan qozonilgan gʻalabadan keyin, yuqoridagi oyatda zikr etilganidek, Alloh taolo Muso alayhissalomga Tur togʻining oʻng tomonida uchrashishni vaʼda qildi. Bu uchrashuv gʻalabadan qirq kun keyin boʻlgani boshqa suralarda ham bayon qilingan. Oʻsha qirq kun davomida Muso alayhissalom roʻza tutib, ibodat qilib, Alloh taolo bilan boʻladigan uchrashuvga tayyorgarlik koʻrishlari kerak edi.

Muso alayhissalom Bani Isroilga ogʻalari Horunni boshliq qilib qoʻyib, oʻzlari uchrashuvga hozirlik koʻra boshladilar. Nihoyat, orziqib kutilgan uchrashuv vaqti ham yetib keldi. Muso alayhissalomda zavq-shavqning cheki yoʻq edi. Chunki, u kishi Tuvo vodiysidagi uchrashuvda ham Robbul Olamiyn bilan suhbat qilishning mazasini totgan edilar. Shu boisdan ham, bu uchrashuv tayin qilingan joyga–Tur togʻining oʻng tomoniga shoshilib keldilar. U kishi bilan birga uchrashuvga kelayotgan tanlangan kishilar ham ortda qolib ketdilar.

Shunda Alloh taolo u kishiga xitoban: