قَالَ فَإِنَّا قَدْ فَتَنَّا قَوْمَكَ مِنۢ بَعْدِكَ وَأَضَلَّهُمُ ٱلسَّامِرِىُّ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «Batahqiq, Biz qavmingni sendan keyin fitnaga duchor qildik. Somiriy ularni adashtirdi», dedi.У зот: «Батаҳқиқ, Биз қавмингни сендан кейин фитнага дучор қилдик. Сомирий уларни адаштирди», деди.Alauddin Mansour: (Alloh) dedi: «Haqiqatan, Biz sening ortingdan qavmingni fitnaga soldik — imtihon qildik va Somiriy ularni yoʻldan ozdirdi».(Аллоҳ) деди: «Ҳақиқатан, Биз сенинг ортингдан қавмингни фитнага солдик — имтиҳон қилдик ва Сомирий уларни йўлдан оздирди».
Uzoq yillar zulm va istibdod ostida, xorlikda yashab, tabiati buzilib ketgan, qullikka oʻrganib qolgan Bani Isroilga hurlik ogʻir keldi, uni koʻtara olmadi. Muso alayhissalom Allohning amri bilan ularni ozodlikka, erkin hayotga olib chiqqanlaridan keyin turli nagʻmalar koʻrsata boshladilar. Jumladan, eng nozik va ahamiyatli masala–iymon-eʼtiqod masalasida ham. Muso alay- hissalom ularni ilk bor tark etishlari bilanoq zalolatga ketdilar. Somiriyga ergashib, buzoqning haykalini xudo qilib oldilar. Robb muloqotiga uzoq tayyorlangan va nihoyat qavmini qoldirib, uchrashuvga shoshilib yetib kelgan Muso alayhissalom bu ishlardan bexabar edilar. Alloh taoloning Oʻzi u kishiga bu xabarni yetkazdi.
Muloqot paytida boʻlib oʻtgan boshqa hodisalar va gap-soʻzlar haqida bu yerda hech narsa aytilmaydi. Qissaning bu qirrasi boshqa suralarda kelgan. Bu yerda esa, oyatlar ushbu sura siyoqiga mos ravishda Muso alayhissalomning qavmlariga qaytib borganlaridan davom etilmoqda: