QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят86

فَرَجَعَ مُوسَىٰٓ إِلَىٰ قَوْمِهِۦ غَضْبَـٰنَ أَسِفًا ۚ قَالَ يَـٰقَوْمِ أَلَمْ يَعِدْكُمْ رَبُّكُمْ وَعْدًا حَسَنًا ۚ أَفَطَالَ عَلَيْكُمُ ٱلْعَهْدُ أَمْ أَرَدتُّمْ أَن يَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبٌ مِّن رَّبِّكُمْ فَأَخْلَفْتُم مَّوْعِدِى

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Muso qavmiga g`azablangan, afsuslangan holda qaytdi. U: «Ey qavmim, Robbingiz sizga yaxshi va'da qilmaganmidi?! Sizlarga zamon uzoq ko`rindimi yoki boshingizga Robbingizdan g`azab tushishini xohladingizmi?! Menga bergan va'daga xilof qilibsiz?!» – dedi.Бас, Мусо қавмига ғазабланган, афсусланган ҳолда қайтди. У: «Эй қавмим, Роббингиз сизга яхши ваъда қилмаганмиди?! Сизларга замон узоқ кўриндими ёки бошингизга Роббингиздан ғазаб тушишини хоҳладингизми?! Менга берган ваъдага хилоф қилибсиз?!» – деди.Alauddin Mansour: Bas, Muso qavmiga gʻazablangan va gʻamga botgan holda qaytib kelib, dedi: «Ey qavmim, Parvardigoringiz sizlarga (Tavrot nozil etish haqida) chiroyli vaʼda qilmaganmidi?! Sizlarga (oʻtgan) vaqt uzun (koʻrinib) ketdimi yoki ustingizga Parvardigoringiz tomonidan gʻazab tushishini istab menga bergan vaʼdani buzdinglarmi?!Бас, Мусо қавмига ғазабланган ва ғамга ботган ҳолда қайтиб келиб, деди: «Эй қавмим, Парвардигорингиз сизларга (Таврот нозил этиш ҳақида) чиройли ваъда қилмаганмиди?! Сизларга (ўтган) вақт узун (кўриниб) кетдими ёки устингизга Парвардигорингиз томонидан ғазаб тушишини истаб менга берган ваъдани буздингларми?!

317-sahifa · 16-juz · 32-hizb317-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَرَجَعَbas, qaytdiбас, қайтдиمُوسَىٰٓMusoМусоإِلَىٰ-ga-гаقَوْمِهِۦqavmigaқавмигаغَضْبَـٰنَgʻazablanganғазабланганأَسِفًۭا ۚafsuslangan holdaафсусланган ҳолдаقَالَdediдедиيَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимأَلَمْemasmidiэмасмидиيَعِدْكُمْsizga vaʼda qilganсизга ваъда қилганرَبُّكُمْRobbingizРоббингизوَعْدًاvaʼdaваъдаحَسَنًا ۚyaxshiяхшиأَفَطَالَuzoq koʻrindimiузоқ кўриндимиعَلَيْكُمُsizlargaсизларгаٱلْعَهْدُzamonзамонأَمْyokiёкиأَرَدتُّمْxohladingizmiхоҳладингизмиأَن-ni-ниيَحِلَّtushishiniтушишиниعَلَيْكُمْboshingizgaбошингизгаغَضَبٌۭgʻazabғазабمِّن-dan-данرَّبِّكُمْRobbingizdanРоббингизданفَأَخْلَفْتُمbas, xilof qilibsizбас, хилоф қилибсизمَّوْعِدِىmenga bergan vaʼdagaменга берган ваъдага
TafsirТафсир

Bani Isroilning zalolatga ketgani haqidagi xabar Muso alayhissalomni qattiq gʻazablantirdi va chuqur taassufga soldi. Ul zot nobakor qavmning huzuriga gʻazabnok, afsuslangan hollarida qaytdilar va ularni soʻroqqa tuta boshladilar:

«Ey qavmim, Robbingiz sizga yaxshi vaʼda qilmaganmidi?!»

Sizlarga nusrat berishni, muqaddas yerlarga kirishimizni, gunohlaringizni kechirishni, Tavrotni tushirishni va boshqa yaxshiliklarni vaʼda qilmaganmidi? Axir, bu vaʼdalarni sizga yaqindagina bergan edi-ku?!

«Sizlarga zamon uzoq koʻrindimi?!»

Shuning uchun ahdni buzib, zalolatga yuz tutdingizmi?

«...yoki boshingizga Robbingizdan gʻazab tushishini xohladingizmi?!»

Sizning qilgan ishingiz Allohning gʻazabini xohlayotgan odamning ishidan boshqa narsa emas!

«Menga bergan vaʼdaga xilof qilibsiz?!»

Borimda qanday boʻlsangiz, yoʻgʻimda ham shunday turishga siz bilan vaʼdalashgan edik-ku?!