QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят88

فَأَخْرَجَ لَهُمْ عِجْلًا جَسَدًا لَّهُۥ خُوَارٌ فَقَالُوا۟ هَـٰذَآ إِلَـٰهُكُمْ وَإِلَـٰهُ مُوسَىٰ فَنَسِىَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, u (Somiriy) ularga bo`kiradigan buzoq shaklini chiqarib berdi. Ular: «Mana shu sizning ilohingiz va Musoning ham ilohi, faqat u unutdi», dedilar.Бас, у (Сомирий) уларга бўкирадиган бузоқ шаклини чиқариб берди. Улар: «Мана шу сизнинг илоҳингиз ва Мусонинг ҳам илоҳи, фақат у унутди», дедилар.Alauddin Mansour: Soʻng (Somiriy oʻsha zeb-ziynatlarni olovda eritib, xuddi tirik buzoq kabi) ovozi bor haykal-buzoq (yasab) chiqarib berdi, soʻng (Somiriy va uning sheriklari): «Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi, (Muso) unutib, (uni boshqa yerdan izlagani ketibdi»), dedilar.Сўнг (Сомирий ўша зеб-зийнатларни оловда эритиб, худди тирик бузоқ каби) овози бор ҳайкал-бузоқ (ясаб) чиқариб берди, сўнг (Сомирий ва унинг шериклари): «Сизларнинг ҳам, Мусонинг ҳам илоҳи шу эди, (Мусо) унутиб, (уни бошқа ердан излагани кетибди»), дедилар.

318-sahifa · 16-juz · 32-hizb318-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَخْرَجَbas, chiqarib berdiбас, чиқариб бердиلَهُمْulargaуларгаعِجْلًۭاbuzoqбузоқجَسَدًۭاshakliniшаклиниلَّهُۥuningунингخُوَارٌۭboʻkirishi borбўкириши борفَقَالُوا۟bas, dedilarбас, дедиларهَـٰذَآmana shuмана шуإِلَـٰهُكُمْsizning ilohingizсизнинг илоҳингизوَإِلَـٰهُva ilohiва илоҳиمُوسَىٰMusoningМусонингفَنَسِىَfaqat u unutdiфақат у унутди
TafsirТафсир

Somiriy ularga tilla taqinchoqlardan ovoz chiqaradigan buzoq haykali yasab berdi. Rivoyatlarda kelishicha, haykalning ortidan shamol kirsa, ogʻzidan buzoqning boʻkirganiga oʻxshash ovoz chiqar ekan. Oʻsha haykalni koʻrgan Bani Isroilliklar bir-birlariga:

«Mana shu sizning ilohingiz va Musoning ham ilohi, faqat u unutdi», dedilar».

Mana shu haykal sizning ilohingiz. Unday boʻlsa, nima uchun Paygʻambarimiz Muso bizga buni aytmadi, degan xayolga bormang. Musoning ilohi ham shu buzoq. Ammo, Muso buni unutib qoʻyib, izlab toqqa chiqib ketdi, deyishmoqda. Bani Isroil oʻzining gumrohligi bilan Allohning Paygʻambari Muso alayhissalomni ham gumrohga chiqardi.