قَالُوا۟ لَن نَّبْرَحَ عَلَيْهِ عَـٰكِفِينَ حَتَّىٰ يَرْجِعَ إِلَيْنَا مُوسَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «To Muso bizga qaytgunicha, unga ibodat qilishda bardavom bo`lamiz», dedilar.Улар: «То Мусо бизга қайтгунича, унга ибодат қилишда бардавом бўламиз», дедилар.Alauddin Mansour: Ular: «To bizlarga Muso qaytmagunicha, unga (shu butga) ibodat qilib — sigʻinishdan hargiz ajralmaymiz», degan edilar.Улар: «То бизларга Мусо қайтмагунича, унга (шу бутга) ибодат қилиб — сиғинишдан ҳаргиз ажралмаймиз», деган эдилар.
Bu gap ham tuturuqsiz odamlarning gapi. Allohning Paygʻambari Muso alayhissalomning oʻrniga qolgan ogʻasi Horun alayhissalom ularga buzoqqa ibodat qilmaslikni taʼkidlab aytmoqdalar-u, ular boʻlsa:
«To Muso bizga qaytgunicha, unga ibodat qilishda bardavom boʻlamiz», dedilar.
Zalolatlarida qolish uchun bu ham bir bahona. Ular buzoqning gapira olishiga, zarar yoki foyda yetkazishiga dalil keltirolmaydilar. Demak, zalolatlari yana ham ravshan. Ammo oʻzlarini oʻnglash ham xayollariga kelmaydi. Mantiqqa toʻgʻri kelsa-kelmasa, bari bir, bahona topadilar. Muso alayhissalom qaytib kelsalar, nima deyishlari ham aniq. Muso kelganidan soʻng bir gap boʻlar.
Mana, Muso alayhissalom qaytib ham keldilar. Soʻroq-savolga tuta boshladilar. Avval oʻrinlariga qoʻyib ketgan ogʻalari Horundan soʻradilar: