قَالَ يَـٰهَـٰرُونُ مَا مَنَعَكَ إِذْ رَأَيْتَهُمْ ضَلُّوٓا۟
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Horun, ularning zalolatga ketganlarini ko`rganingda seni nima man qildi?!У: «Эй Ҳорун, уларнинг залолатга кетганларини кўрганингда сени нима ман қилди?!Alauddin Mansour: (Muso qaytib kelgach), dedi: «Ey Horun, sen ularning yoʻldan ozganlarini koʻrgan paytingda (va menga bu haqda xabar berishingdan) seni nima toʻsdi?!(Мусо қайтиб келгач), деди: «Эй Ҳорун, сен уларнинг йўлдан озганларини кўрган пайтингда (ва менга бу ҳақда хабар беришингдан) сени нима тўсди?!
Ey Horun, men senga holatni oʻzgartirmaslikni tayinlab aytib ketgan edim. Ularning adashganlarini koʻrganingda nima uchun mening amrimga boʻysunib, yoʻllarini toʻsmading? Nima uchun ularni buzoq haykaliga ibodat qilishdan qaytarmading?! Yoki mening amrimga osiy boʻldingmi?
Muso alayhissalomning gʻazab va afsus bilan aytgan bu gaplariga Horun alayhissalomning ham asosli javoblari bor edi: