QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят94

قَالَ يَبْنَؤُمَّ لَا تَأْخُذْ بِلِحْيَتِى وَلَا بِرَأْسِىٓ ۖ إِنِّى خَشِيتُ أَن تَقُولَ فَرَّقْتَ بَيْنَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَلَمْ تَرْقُبْ قَوْلِى

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey, onamning o`g`li, soch-soqolimdan tutma. Men sening: «Bani Isroilni tafriqaga solibsan, gapimga kirmabsan, deyishingdan qo`rqdim», dedi.У: «Эй, онамнинг ўғли, соч-соқолимдан тутма. Мен сенинг: «Бани Исроилни тафриқага солибсан, гапимга кирмабсан, дейишингдан қўрқдим», деди.Alauddin Mansour: «Ey onamning oʻgʻli, sen mening soch-soqolimdan tortmagin. Men (agar buzoqqa sigʻinayotganlarni qoʻyib, yoʻldan ozmagan kishilar bilan sening ortingdan borsam) «Mening soʻzimni kutmay, Bani Isroilni boʻlib yuboribsan», deyishingdan qoʻrqdim».«Эй онамнинг ўғли, сен менинг соч-соқолимдан тортмагин. Мен (агар бузоққа сиғинаётганларни қўйиб, йўлдан озмаган кишилар билан сенинг ортингдан борсам) «Менинг сўзимни кутмай, Бани Исроилни бўлиб юборибсан», дейишингдан қўрқдим».

318-sahifa · 16-juz · 32-hizb318-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиيَبْنَؤُمَّey onamning oʻgʻliэй онамнинг ўғлиلَاemasэмасتَأْخُذْtutmaтутмаبِلِحْيَتِىsoqolimdanсоқолимданوَلَاva emasва эмасبِرَأْسِىٓ ۖsochimdanсочимданإِنِّىalbatta, menалбатта, менخَشِيتُqoʻrqdimқўрқдимأَن-dan-данتَقُولَdeyishingdanдейишингданفَرَّقْتَtafriqaga solibsanтафриқага солибсанبَيْنَorasiniорасиниبَنِىٓBaniБаниإِسْرَٰٓءِيلَIsroilИсроилوَلَمْva emasва эмасتَرْقُبْrioya qildingриоя қилдингقَوْلِىgapimgaгапимга
TafsirТафсир

Tabiatan ogʻir-bosiq Horun alayhissalom qarindoshlik hurmatini oraga solib, Muso alayhissalomni bir oz hovurlaridan tushirmoqchi boʻldilar. Ey uka, deyishning oʻrniga, ey, onamning oʻgʻli, deb «ona» soʻzini qoʻshishda ham maʼnoni kuchaytirish bor. Boshqa suralarda bayon qilinganidek, Muso alayhissalom gʻazablanib kelib, bir qoʻllari bilan Horun alayhissalomning peshona sochlaridan, ikkinchi qoʻllari bilan esa, soqollaridan tortib turib, mazkur gaplarni aytgan edilar. Shuning uchun, Horun alayhissalom:

«...soch-soqolimdan tutma», deb ukalarini yana ham hovurlaridan tushirmoqchi boʻldilar. Soʻngra, Bani Isroilni bu yoʻldan qaytarish uchun kuch ila qoʻpollik ishlatmaganlarining sababini zikr qildilar:

«Men sening: «Bani Isroilni tafriqaga solibsan, gapimga kirmabsan», deyishingdan qoʻrqdim», dedilar.

Zotan, Horun alayhissalom Bani Isroilni zalolatdan qaytarishga uringanlari yuqoridagi oyatlarda ham bir oz koʻrildi. Qattiqqoʻllik qilmagan, kuch ishlatmagan boʻlsalar, Bani Isroil orasida ixtilof, kelishmovchilik uygʻotib qoʻyishdan choʻchigan ekanlar. Balki, Muso alay- hissalom shu gapni u kishiga alohida taʼkidlab aytgan boʻlsalar kerak.

Ogʻalari Horun alayhissalomdan bu javobni eshitgan Muso alayhissalom bosh buzgʻunchi Somiriyga qarab xitob qildilar: