QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят96

قَالَ بَصُرْتُ بِمَا لَمْ يَبْصُرُوا۟ بِهِۦ فَقَبَضْتُ قَبْضَةً مِّنْ أَثَرِ ٱلرَّسُولِ فَنَبَذْتُهَا وَكَذَٰلِكَ سَوَّلَتْ لِى نَفْسِى

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ular ko`rmagan narsani ko`rdim. Bas, Rasulning izidan bir siqim oldim, so`ngra uni tashladim. Havoyi nafsim menga shunday qilishni xush ko`rsatdi», dedi.У: «Улар кўрмаган нарсани кўрдим. Бас, Расулнинг изидан бир сиқим олдим, сўнгра уни ташладим. Ҳавойи нафсим менга шундай қилишни хуш кўрсатди», деди.Alauddin Mansour: U aytdi: «Men ular (yaʼni, Bani Isroil) koʻrmagan narsani koʻrdim. (Yaʼni, Jabroil sening oldingga kelganida hayot otiga minib kelgan edi. Uning tuyogʻi tekkan tuproq qanday jonsiz narsaga tegsa, darhol unga jon kirardi, men shuni koʻrib qolgan edim), bas, elchi — Jabroilning bosgan izidan bir siqim olib, uni (buzoqning haykaliga) sochgan edim (undan tirik buzoq kabi ovoz chiqdi. Buni koʻrgan Bani Isroil qavmidan boʻlgan odamlar oʻsha buzoqqa sigʻina boshladilar). Menga nafsim ana shunday qilishni chiroyli koʻrsatdi».У айтди: «Мен улар (яъни, Бани Исроил) кўрмаган нарсани кўрдим. (Яъни, Жаброил сенинг олдингга келганида ҳаёт отига миниб келган эди. Унинг туёғи теккан тупроқ қандай жонсиз нарсага тегса, дарҳол унга жон кирарди, мен шуни кўриб қолган эдим), бас, элчи — Жаброилнинг босган изидан бир сиқим олиб, уни (бузоқнинг ҳайкалига) сочган эдим (ундан тирик бузоқ каби овоз чиқди. Буни кўрган Бани Исроил қавмидан бўлган одамлар ўша бузоққа сиғина бошладилар). Менга нафсим ана шундай қилишни чиройли кўрсатди».

318-sahifa · 16-juz · 32-hizb318-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиبَصُرْتُmen koʻrdimмен кўрдимبِمَاnarsaniнарсаниلَمْemasэмасيَبْصُرُوا۟ular koʻrdilarулар кўрдиларبِهِۦuniуниفَقَبَضْتُbas, oldimбас, олдимقَبْضَةًۭbir siqimбир сиқимمِّنْ-dan-данأَثَرِizidanизиданٱلرَّسُولِRasulningРасулнингفَنَبَذْتُهَاsoʻngra uni tashladimсўнгра уни ташладимوَكَذَٰلِكَva shunday qilishniва шундай қилишниسَوَّلَتْxush koʻrsatdiхуш кўрсатдиلِىmengaменгаنَفْسِىhavoi nafsimҳавои нафсим
TafsirТафсир

Tafsirchi ulamolarimiz bu oyatning tafsirida koʻplab rivoyatlar keltirganlar. Mazkur rivoyatlarda Bani Isroil koʻrmay Somiriy koʻrgan narsa nima? Rasul kim? Somiriy uning izidan olgan bir siqim narsa nima? Oʻsha bir siqim narsani Somiriy qayoqqa sochdi?–kabi savollarga javoblar axtariladi.

Mazkur rivoyatlarning aksari bunday naql etadi: Somiriyning Bani Isroil koʻrmaganini koʻrgani–Jabroil alayhissalomning Hayot otiga minib kelishlari. «Rasul»dan murod Jabroil alayhissalom. Izidan olingan bir siqim esa, Jabroil alayhissalom minib kelgan otning tuyogʻi tagidan olingan tuproq. U tuproqni sochgan joyi esa, Bani Isroilning zeb-ziynatlari toʻplab qoʻyilgan joy. Demak, zebu ziynatlar eritilayotganda Somiriy ularga bir siqim tuproq qoʻshib yuborgan. Bu tuproq esa, Jabroil alayhissalom minib kelgan Hayot otining tuyogʻi tekkan yerdan olingan ekan. Shuning uchun ham, u yasagan haykalchadan buzoqning ovoziga oʻxshash tovushlar chiqqan.

Somiriyning bu gapidan firibgar qoʻlga tushganda oʻzini qanday tutishi bilinib turibdi. Men hech narsa qilganim yoʻq, yomon niyatim ham yoʻq edi, koʻnglimga tushgan ishni qilsam, oʻzlaridan oʻzlari ergashib ketishaverdi, demoqchi boʻldi.

Lekin Muso alayhissalom, baribir, uni aybdor deb topdilar va unga qarshi hukm chiqardilar: