قَالَ فَٱذْهَبْ فَإِنَّ لَكَ فِى ٱلْحَيَوٰةِ أَن تَقُولَ لَا مِسَاسَ ۖ وَإِنَّ لَكَ مَوْعِدًا لَّن تُخْلَفَهُۥ ۖ وَٱنظُرْ إِلَىٰٓ إِلَـٰهِكَ ٱلَّذِى ظَلْتَ عَلَيْهِ عَاكِفًا ۖ لَّنُحَرِّقَنَّهُۥ ثُمَّ لَنَنسِفَنَّهُۥ فِى ٱلْيَمِّ نَسْفًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Bas, jo`na! Ket! Endi senga bu hayotda «tegish yo`q» deyishing bor, xolos. Albatta, senga xilof qilmaydigan va'damiz bor. O`zing ibodatida bardavom bo`lgan ilohingga nazar solib qo`y. Biz uni, albatta, kuydiramiz, so`ngra dengizga sochib yuboramiz.У: «Бас, жўна! Кет! Энди сенга бу ҳаётда «тегиш йўқ» дейишинг бор, холос. Албатта, сенга хилоф қилмайдиган ваъдамиз бор. Ўзинг ибодатида бардавом бўлган илоҳингга назар солиб қўй. Биз уни, албатта, куйдирамиз, сўнгра денгизга сочиб юборамиз.Alauddin Mansour: (Muso) dedi: «Bas, yoʻqol! Endi sen hayotda «Menga tegmanglar», deyishgina bordir (yaʼni, umringning oxirigacha yakka moxov boʻlib qolursan. Oxiratda esa) sen uchun hargiz xilof qilinmaydigan bir vaʼda — azob bordir. Sen ustidan jilmay ibodat qilgan «ilohingning» (holini) koʻrib qoʻy! Biz albatta uni yondirib, soʻngra (kulini) dengizga sochib yuborurmiz».(Мусо) деди: «Бас, йўқол! Энди сен ҳаётда «Менга тегманглар», дейишгина бордир (яъни, умрингнинг охиригача якка мохов бўлиб қолурсан. Охиратда эса) сен учун ҳаргиз хилоф қилинмайдиган бир ваъда — азоб бордир. Сен устидан жилмай ибодат қилган «илоҳингнинг» (ҳолини) кўриб қўй! Биз албатта уни ёндириб, сўнгра (кулини) денгизга сочиб юборурмиз».
Muso alayhissalom Somiriyni Bani Isroildan quvgʻin qildilar. Bani Isroil odati boʻyicha, «tegish yoʻq» nomli quvgʻin jazosi bor edi. Ana oʻsha jazo Somiriyga nisbatan qoʻllandi. U quvgʻin qilindi. Sahrolarda yakkamoxov holida xoru zor boʻlib yurdi. Biror odam koʻrinib qolsa, «tegish yoʻq» der edi, xolos. Yaʼni, men «tegish yoʻq» jazosiga mahkum etilganman, menga tegma, men ham senga tegmayman, derdi. Birovga bundan boshqa gap ayta olmas edi. Bu, Somiriy uchun dunyoviy jazo edi. Oxiratda esa:
«Albatta, senga xilof qilmaydigan vaʼdamiz bor».
Yaʼni, albatta boʻladigan azobimiz bor. Unga xilof qilib boʻlmaydi. Shoʻrpeshona boʻlmasang, jonsiz, hech narsaga arzimaydigan narsani oʻzingga iloh qilib olasanmi?
«Oʻzing ibodatida bardavom boʻlgan ilohingga nazar solib qoʻy.»
Nimaga loyiq ekanini bilasan. Asli yerdan chiqqan bir maʼdanku.
«Biz uni, albatta, kuydiramiz, soʻngra dengizga sochib yuboramiz.»
Kuyib ketadigan narsa Xudo boʻla oladimi? Kuli dengizga sochilib ketadigan narsa Xudo boʻla oladimi? Turli narsalarni oʻzingizga iloh qilib olavermang: