إِنَّمَآ إِلَـٰهُكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ وَسِعَ كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sizning ilohingiz Allohdir, xolos. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`qdir. U barcha narsani O`z ilmi bilan qamrab olgandir.Албатта, сизнинг илоҳингиз Аллоҳдир, холос. Ундан ўзга ибодатга сазовор зот йўқдир. У барча нарсани Ўз илми билан қамраб олгандир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), ilohingiz yakkayu yolgʻiz Allohdir! Hech qanday iloh yoʻq, magar Uning Oʻzi bordir. U barcha narsani Oʻz ilmi bilan qamrab olgandir.(Эй инсонлар), илоҳингиз яккаю ёлғиз Аллоҳдир! Ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар Унинг Ўзи бордир. У барча нарсани Ўз илми билан қамраб олгандир.
Allohdan oʻzga zot sizga iloh boʻla olmaydi. Undan oʻzga hech qanday zot yoki narsa ibodatga sazovor emas. Allohning ilmi hamma narsani qamrab olgandir. Shu jumladan, U zot Oʻzidan boshqaga ibodat qilayotganlarni ham yaxshi biladi.
Shu bilan Muso alayhissalomning qissalari ham tugaydi. Ushbu munosabat ila Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tasalli berish boshlanadi. Qurʼoni Karim u zotga baxt-saodat uchun berilganligi, unga eʼtiroz qilganlarning oqibati nima boʻlishi haqida soʻz ketadi: