كَذَٰلِكَ نَقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ مَا قَدْ سَبَقَ ۚ وَقَدْ ءَاتَيْنَـٰكَ مِن لَّدُنَّا ذِكْرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shunday qilib, senga o`tgan narsalar xabarini qissa qilib berurmiz. Batahqiq, senga O`z tarafimizdan Zikrni berdik.Шундай қилиб, сенга ўтган нарсалар хабарини қисса қилиб берурмиз. Батаҳқиқ, сенга Ўз тарафимиздан Зикрни бердик.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizga oʻtib ketgan (avlodlarning) xabarlarini mana shunday soʻylab berurmiz. Darhaqiqat, Biz sizga Oʻz dargohimizdan eslatma — Qurʼon ato etdik.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сизга ўтиб кетган (авлодларнинг) хабарларини мана шундай сўйлаб берурмиз. Дарҳақиқат, Биз сизга Ўз даргоҳимиздан эслатма — Қуръон ато этдик.
Yaʼni, Muso qissasini aytib berganimizdek, boshqa ummatlarning xabarini ham qissa qilib beramiz. Biz senga Oʻz tomonimizdan Qurʼonni berdik.
Qurʼoni Karimning ismlaridan biri «Zikr»dir.