لَقَدْ أَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ كِتَـٰبًا فِيهِ ذِكْرُكُمْ ۖ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz sizga kitob nozil qildik. Unda sizning zikringiz bor. Aql ishlatmaysizlarmi?!Батаҳқиқ, Биз сизга китоб нозил қилдик. Унда сизнинг зикрингиз бор. Ақл ишлатмайсизларми?!Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz sizlarga bir Kitob — Qurʼon nozil qildikki, unda sizlar uchun zikr (yaʼni, shaʼnu sharaf) bordir. (Chunki u sizlarning tilingizda nozil qilindi). Aql yurgizmaysizlarmi?!Дарҳақиқат, Биз сизларга бир Китоб — Қуръон нозил қилдикки, унда сизлар учун зикр (яъни, шаъну шараф) бордир. (Чунки у сизларнинг тилингизда нозил қилинди). Ақл юргизмайсизларми?!
Biz sizga Qurʼon tushirdik. Unda sizning zikringiz, sharafingiz va izzatingiz bor. Aqlingizni ishlating.
Arablar aqllarini ishlatib, Qurʼonga amal qilib, undagi zikreslatmalardan ibrat olib yashagan davrlarida butun dunyo ularni zikr etadigan boʻlib qoldi. Qurʼoni Karimdan oldin ularni hech kim esga olmas edi. Qurʼoni Karim ularni tarixga olib kirdi. Ularga shonu shavkat, hurmatu izzat keltirdi.
Arablar Qurʼoni Karimni tark etib, unga amal qilmay qoʻyganlaridan keyin, ularni hech kim eslamay qoʻydi. Ular shon-shavkat va hurmat-izzatlarini yoʻqotdilar. Qurʼondan uzoqlashgan davrlari mobaynida jahon xalqlariga hech narsa bera olmadilar.
Ha, arablar aqllarini ishlatmay, Qurʼondan uzoqlashib, turli nazariya, falsafa va tuzumlarga ergashib, oʻzlarini xarob qildilar.
Arablar tarixda oʻz zikrlarini, shon-shavkat va izzat-ehtiromlarini tiklamoqchi boʻlsalar, aqllarini ishlatishlari lozim. Yana Qurʼonga qaytib, unga amal qilmoqlari shart.