ثُمَّ صَدَقْنَـٰهُمُ ٱلْوَعْدَ فَأَنجَيْنَـٰهُمْ وَمَن نَّشَآءُ وَأَهْلَكْنَا ٱلْمُسْرِفِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, ularga (bergan) va'damiz ustidan chiqdik. Bas, ularga hamda O`zimiz xohlaganlarga najot berdik va isrofchilarni halok qildik.Сўнгра, уларга (берган) ваъдамиз устидан чиқдик. Бас, уларга ҳамда Ўзимиз хоҳлаганларга нажот бердик ва исрофчиларни ҳалок қилдик.Alauddin Mansour: Soʻngra Biz (bergan) vaʼdamizga vafo qilib, u (paygʻambar)larga Oʻzimiz xohlagan (iymonli) kishilar bilan birga najot berganmiz, haddan oshuvchi kimsalarni — kofirlarni esa halok qilganmiz.Сўнгра Биз (берган) ваъдамизга вафо қилиб, у (пайғамбар)ларга Ўзимиз хоҳлаган (иймонли) кишилар билан бирга нажот берганмиз, ҳаддан ошувчи кимсаларни — кофирларни эса ҳалок қилганмиз.
Keyin, Paygʻambarlarga bergan vaʼdamiz ustidan chiqdik. Oʻsha Paygʻambarlarga va ularga ergashgan moʻminlarga najot va fathu nusrat berdik. Isrofchilarni, yaʼni hidoyat topish imkonini zoye qilib, kofir boʻlganlarni halok etdik. Odat shu. Hozirgi kofirlar ibrat olsinlar.
Soʻngra, Alloh taolo arablarga, ahli Makkaga xitob qilib: