QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят8

وَمَا جَعَلْنَـٰهُمْ جَسَدًا لَّا يَأْكُلُونَ ٱلطَّعَامَ وَمَا كَانُوا۟ خَـٰلِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularni taom yemaydigan jasad qilganimiz yo`q. Ular abadiy qolguvchi ham bo`lgan emaslar.Биз уларни таом емайдиган жасад қилганимиз йўқ. Улар абадий қолгувчи ҳам бўлган эмаслар.Alauddin Mansour: Biz u (paygʻambar)larni taom yemaydigan bir jasad qilgan emasmiz va ular mangu hayot kechirguvchi ham emas edilar.Биз у (пайғамбар)ларни таом емайдиган бир жасад қилган эмасмиз ва улар мангу ҳаёт кечиргувчи ҳам эмас эдилар.

322-sahifa · 17-juz · 33-hizb322-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасجَعَلْنَـٰهُمْularni qildikуларни қилдикجَسَدًۭاjasadжасадلَّاemasэмасيَأْكُلُونَyeydiganейдиганٱلطَّعَامَtaomniтаомниوَمَاva emasва эмасكَانُوا۟boʻlganlarбўлганларخَـٰلِدِينَabadiy qolguvchilarабадий қолгувчилар
TafsirТафсир

Biz Paygʻambarlarni taom yemaydigan jasad qilib yaratmadik. Modomiki, jasadi bormi, taomni talab etadi. Modomiki, jasadi bormi, taom yeydimi, u bashar boʻladi. Modomiki, jasadi bormi, taom yeydimi, basharmi, u abadiy qolmaydi.

Ha, Paygʻambarlarning barchalari bashar edi. Ularning bashar boʻlishini Alloh taoloning hikmati taqozo qiladi. Bashardan boʻlgan Paygʻambarlar basharga yuborilgan. Basharga gʻayribashar Paygʻambar kelsa, mantiqqa toʻgʻri kelmas edi.

Agar gʻayribashar bir mavjudot Paygʻambar boʻlib kelsa, avvalo, hozirgina Paygʻambarning basharligini bahona qilib iymon keltirmayotganlar: «Qanday qilib basharga gʻayribashar Paygʻambar boʻla oladi», deb eʼtiroz bildirar edilar.

Shuning uchun, Alloh taolo doimo basharga bashar Paygʻambar yuborib kelgan. Oʻsha Paygʻambarlar vazifalarini sidqidildan ado etganlar.