QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят7

وَمَآ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ إِلَّا رِجَالًا نُّوحِىٓ إِلَيْهِمْ ۖ فَسْـَٔلُوٓا۟ أَهْلَ ٱلذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz sendan ilgari ham faqat er kishilarni Payg`ambar qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Agar bilmasangiz, zikr ahllaridan so`rang.Биз сендан илгари ҳам фақат эр кишиларни Пайғамбар қилиб юбориб, уларга ваҳий қилганмиз, холос. Агар билмасангиз, зикр аҳлларидан сўранг.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizdan ilgari ham faqat kishilarni (yaʼni, insonlarni) Oʻzimiz vahiy yuborgan holda paygʻambar qilgandirmiz. Bas, (ey Makka ahli), agar oʻzlaringiz bilmaydigan boʻlsangizlar (Tavrot, Injilni biladigan) ahli ilmlardan soʻranglar!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сиздан илгари ҳам фақат кишиларни (яъни, инсонларни) Ўзимиз ваҳий юборган ҳолда пайғамбар қилгандирмиз. Бас, (эй Макка аҳли), агар ўзларингиз билмайдиган бўлсангизлар (Таврот, Инжилни биладиган) аҳли илмлардан сўранглар!

322-sahifa · 17-juz · 33-hizb322-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَآva emasва эмасأَرْسَلْنَاyubordikюбордикقَبْلَكَsendan ilgariсендан илгариإِلَّاfaqatфақатرِجَالًۭاer kishilarniэр кишиларниنُّوحِىٓvahiy qilurmizваҳий қилурмизإِلَيْهِمْ ۖulargaуларгаفَسْـَٔلُوٓا۟bas, soʻranglarбас, сўрангларأَهْلَahlidanаҳлиданٱلذِّكْرِzikrзикрإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизلَاemasэмасتَعْلَمُونَbilasizlarбиласизлар
TafsirТафсир

Mushriklar «Bu oʻzimizga oʻxshagan bashardan oʻzga emas-ku», deb Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarliklarini inkor qilmoqdalar. Albatta, Muhammad sollallohu alayhi vasallam birinchi Paygʻambar emaslar. Balki oxirgi Paygʻambardirlar. U kishidan oldin qanchadan-qancha Paygʻambarlar oʻtgan. Ular kimlar? Basharmi yoki malak?

«Biz sendan ilgari ham faqat er kishilarni Paygʻambar qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos.»

Avvalgi Paygʻambarlar ham senga oʻxshash er kishi boʻlgan. Ularga ham senga yuborgan kabi vahiy yuborganmiz.

Ey mushriklar!

«Agar bilmasangiz, zikr ahllaridan soʻrang.»

Oʻzimizga oʻxshagan bashar Paygʻambar boʻlmaydi, deb daʼvo qilayotgan ey, kofir-mushriklar, agar Paygʻambarlar bashar ekanini bilmasangiz, zikr ahlidan–ilm egalaridan soʻrang. Ahli kitoblardan soʻrang. Ular sizga aytib beradilar.