QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят6

مَآ ءَامَنَتْ قَبْلَهُم مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَـٰهَآ ۖ أَفَهُمْ يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan oldin biror shahar (aholisi) iymon keltirmadi. Biz ularni halok qildik. Endi ular iymon keltirarmidilar?!Улардан олдин бирор шаҳар (аҳолиси) иймон келтирмади. Биз уларни ҳалок қилдик. Энди улар иймон келтирармидилар?!Alauddin Mansour: Ulardan oldin, Biz halok qilgan biron qishloq-shahar (aholisi) iymon keltirgan emas, bas, ular iymon keltirarmidilar?!Улардан олдин, Биз ҳалок қилган бирон қишлоқ-шаҳар (аҳолиси) иймон келтирган эмас, бас, улар иймон келтирармидилар?!

322-sahifa · 17-juz · 33-hizb322-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَآemasэмасءَامَنَتْiymon keltirdiиймон келтирдиقَبْلَهُمulardan oldinулардан олдинمِّنbirorбирорقَرْيَةٍshahar (aholisi)шаҳар (аҳолиси)أَهْلَكْنَـٰهَآ ۖuni halok qildikуни ҳалок қилдикأَفَهُمْendi ularэнди уларيُؤْمِنُونَiymon keltirarmidilarиймон келтирармидилар
TafsirТафсир

Ulardan oldin oʻtgan va odatdan tashqari moʻʼjiza talab qilgan birorta shahar aholisi ham oʻsha moʻʼjizani keltirganimizdan keyin iymonga kelmadi. Allohning yer yuzidagi oyat-belgilariga, Paygʻambariga va kitobiga ishonmasdan, yana odatdan tashqari moʻʼjiza soʻrashning oʻzi sarkashlik alomatidir. Ular oʻzlari talab qilayotgan odatdan tashqari moʻʼjizani koʻrsalar ham, iymonga kelib oʻzgarib qolmaydilar. Demak, ulardan zinhor yaxshilik kutib boʻlmaydi. Oqibatda, ularni ommaviy halok etish zarurati tugʻiladi. Avvalgi ummatlarda shu holat boʻlib oʻtdi. Odatdan tashqari moʻʼjiza keltirganimizdan keyin ham hech birlari iymonga kelmadilar.

«Biz ularni halok qildik.»

Hammalarini ommaviy azobga uchratib halok etdik. Bu mushriklar ham, Muhammad avvalgi Paygʻambarlarga oʻxshab odatdan tashqari moʻʼjiza keltirsin, demoqdalar. Holbuki, avvalgi Paygʻambarlardan odatdan tashqari moʻʼjiza talab etganlar uni koʻrib iymonga kelmagan edilar.

«Endi ular iymon keltirarmidilar?!»

Yoʻq, bular ham iymon keltirmaydilar. Ey Muhammad, bularning gaplaridan taʼsirlanma.