بَلْ قَالُوٓا۟ أَضْغَـٰثُ أَحْلَـٰمٍۭ بَلِ ٱفْتَرَىٰهُ بَلْ هُوَ شَاعِرٌ فَلْيَأْتِنَا بِـَٔايَةٍ كَمَآ أُرْسِلَ ٱلْأَوَّلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Balki, alg`ov-dalg`ov tushlardir, balki, o`zi uydirib olgandir, balki, u shoirdir. Bas, bizga avvalgilarga yuborilganidek mo`'jiza keltirsin», dedilar.Улар: «Балки, алғов-далғов тушлардир, балки, ўзи уйдириб олгандир, балки, у шоирдир. Бас, бизга аввалгиларга юборилганидек мўъжиза келтирсин», дедилар.Alauddin Mansour: «Balki — dedilar ular — (Muhammad vahiy deb daʼvo qilayotgan soʻzlar) — aloq-chaloq tushlardir, balki (bu soʻzlarni) u oʻzi toʻqib olgandir, balki u bir shoirdir. Bas, u ham ilgari yuborilgan paygʻambarlar (keltirganlari) kabi biron oyat-moʻʼjiza keltirsin!»«Балки — дедилар улар — (Муҳаммад ваҳий деб даъво қилаётган сўзлар) — алоқ-чалоқ тушлардир, балки (бу сўзларни) у ўзи тўқиб олгандир, балки у бир шоирдир. Бас, у ҳам илгари юборилган пайғамбарлар (келтирганлари) каби бирон оят-мўъжиза келтирсин!»
Zulm qilganlar Qurʼon va uni oʻqib berayotgan Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlarida:
«Balki, algʻov-dalgʻov tushlardir...» deb ham koʻrdilar. Muhammad bizga, «Allohdan keldi», deb aytayotgan gaplari oʻzining algʻov- dalgʻov tushlari boʻlsa kerak, dedilar.
«...balki, oʻzi uydirib olgandir...»
Ehtimol, Qurʼon deb aytayotgan narsani Muhammadning oʻzi uydirib–toʻqib olgandir, deb ham koʻrishdi.
«...balki, u shoirdir.»
Chunki, Qurʼon deb aytayotgan narsasi sheʼrga ham oʻxshaydi. Xullas, Muhammadning ishlari va gaplaridan boshimiz aylanib ketdi. Agar u, oʻzi daʼvo qilayotgandek, Allohning Paygʻambari boʻlsa va Qurʼon Allohning kalomi ekaniga bizni ishontirishni istasa:
«Bas, bizga, avvalgilarga yuborilganidek, moʻʼjiza keltirsin, dedilar».
Avvalgilar Paygʻambarliklarini tasdiqlash uchun odatdan tashqari moʻʼjizalar keltirishgan. Muhammad ham daʼvosi rost boʻlsa, oʻshalarga oʻxshab, odatdan tashqari moʻʼjiza keltirsin. Keyin biz unga ishonaylik.
Alloh taolo ularning bu takliflariga quyidagi javobni berdi: