QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят4

قَالَ رَبِّى يَعْلَمُ ٱلْقَوْلَ فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Robbim osmonu yerdagi so`zni bilur. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir», dedi.У: «Роббим осмону ердаги сўзни билур. У эшитгувчи ва билгувчи Зотдир», деди.Alauddin Mansour: (Shunda Muhammad alayhis-salotu vas-salom) aytdi: «Parvardigorim osmonu-zamindagi har bir soʻzni bilur. U eshitguvchi, bilguvchidir».(Шунда Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) айтди: «Парвардигорим осмону-заминдаги ҳар бир сўзни билур. У эшитгувчи, билгувчидир».

322-sahifa · 17-juz · 33-hizb322-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиرَبِّىRobbimРоббимيَعْلَمُbilurбилурٱلْقَوْلَsoʻzniсўзниفِى-da-даٱلسَّمَآءِosmonосмонوَٱلْأَرْضِ ۖva yerва ерوَهُوَva Uва Уٱلسَّمِيعُeshitguvchiэшитгувчиٱلْعَلِيمُbilguvchidirбилгувчидир
TafsirТафсир

Muhammad sollallohu alayhi vasallam Alloh taolo eng yaxshi eshitguvchi va eng aniq bilguvchi Zot ekanini, U zot osmonu yerdagi hamma soʻzlarni eshitib turishini kofirlarga eslatib qoʻydilar. Bundan: Alloh mushriklarning oʻzaro pichirlashib gapirayotgan yuqoridagi soʻzlarini ham eshitib turibdi, U zotning Oʻzi bilib jazolarini beradi, degan maʼno chiqadi.

Zulm qilganlar Qurʼoni Karim oyatlaridan hayratga tushgan edilar. Ular Qurʼonni inkor etar, biroq uning oddiy kalom emasligini ham yaxshi bilar edilar. Qurʼoni Karim qarshisida lol qolardilar. Ammo, iymonsiz boʻlganlari uchun, Qurʼoniy taʼsirni boshqa narsaga yoʻyishga urinadilar. Ular Qurʼonni sehr deyish bilan qoniqib qolmadilar. Chunki, Qurʼonda sehrda yoʻq narsalar koʻp edi. Shuning uchun, hayratlari oshib, turli boʻlmagʻur toʻqimalarni toʻqib chiqardilar: