QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят3

لَاهِيَةً قُلُوبُهُمْ ۗ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّجْوَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ هَلْ هَـٰذَآ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ ۖ أَفَتَأْتُونَ ٱلسِّحْرَ وَأَنتُمْ تُبْصِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qalblari g`ofil bo`lib. Zulm qilganlar o`zaro: «Bu o`zimizga o`xshagan bashardan o`zga emas-ku. O`zingiz ko`rib turib sehrga kelasizmi?» – deb pichirlasharlar.Қалблари ғофил бўлиб. Зулм қилганлар ўзаро: «Бу ўзимизга ўхшаган башардан ўзга эмас-ку. Ўзингиз кўриб туриб сеҳрга келасизми?» – деб пичирлашарлар.Alauddin Mansour: Dillari gʻofil boʻlgan hollarida (tingladilar) va zolim-kofir kimsalar: «Bu (yaʼni, Muhammad) oʻzlaringizga oʻxshagan bir odam xolos-ku! Koʻrib turgan holingizda sehr-joduga (aldanish uchun) kelaverasizlarmi?!», (deb) oʻzaro shivirlashdilar.Диллари ғофил бўлган ҳолларида (тингладилар) ва золим-кофир кимсалар: «Бу (яъни, Муҳаммад) ўзларингизга ўхшаган бир одам холос-ку! Кўриб турган ҳолингизда сеҳр-жодуга (алданиш учун) келаверасизларми?!», (деб) ўзаро шивирлашдилар.

322-sahifa · 17-juz · 33-hizb322-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَاهِيَةًۭgʻofil boʻlibғофил бўлибقُلُوبُهُمْ ۗqalblariқалблариوَأَسَرُّوا۟va pichirlasharlarва пичирлашарларٱلنَّجْوَىmaxfiy gapniмахфий гапниٱلَّذِينَoʻshalarўшаларظَلَمُوا۟zulm qilganlarзулм қилганларهَلْ-mi (nahotki)-ми (наҳотки)هَـٰذَآbuбуإِلَّاoʻzga emasўзга эмасبَشَرٌۭbashardanбашарданمِّثْلُكُمْ ۖsizga oʻxshaganсизга ўхшаганأَفَتَأْتُونَbas, kelasizlarmiбас, келасизлармиٱلسِّحْرَsehrgaсеҳргаوَأَنتُمْva oʻzingizва ўзингизتُبْصِرُونَkoʻrib turibкўриб туриб
TafsirТафсир

Hisoblari yaqinlashib qolganini unutib, gʻaflatda yurganlar Robbilari Alloh taolodan yangi eslatma–Qurʼoni Karim kelsa, oʻynab turgan hollarida eshitadilar. Bu hollari ularning eslatmaga eʼtiborsiz qarayotganini bildiradi. Zotan, Allohdek ulugʻ zotning har bir soʻzi yuksak odob va eʼtiboru ahamiyat bilan qarshi olinishi kerak edi. Kofir va mushriklar esa, ularga Allohning eslatmasi kelganda, hatto oʻyinlarini toʻxtatishni xayollariga ham keltirmadilar. Zohirda oʻynab turib, ichidan eʼtibor berayotgan boʻlsa kerak, deb oʻylamang. Ular:

«Qachon Robbilaridan yangi eslatma kelsa, uni faqat oʻynayotgan hollarida tinglarlar. Qalblari gʻofil boʻlib».

Zohirda oʻyin, botinda gʻaflat. Ikki tomonda ham Alloh kalomiga eʼtiborsizlik.

Chunki, ular aslida buzuqdirlar, umuman Paygʻambarga ishonmay zulm qiladilar. Oʻsha,

«Zulm qilganlar oʻzaro: «Bu oʻzimizga oʻxshagan bashardan oʻzga emas-ku. Oʻzingiz koʻrib turib sehrga kelasizmi?» – deb pichirlasharlar».

Kofirlar oʻzaro: «Muhammad ham siz bilan bizga oʻxshagan odamku, qanday qilib Paygʻambar boʻladi? Uning aytayotgan gaplari sehr. Bu narsani kishilarga taʼsir qilishidan, ota-bola va eru xotin orasini buzishidan ham bilib olsangiz boʻladi. Shuni koʻrib-bila turib unga ergashasizlarmi?»–deb pichirlashadilar.

Ularning bu gaplariga javoban Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishni Allohning Oʻziga havola qildilar: