QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят2

مَا يَأْتِيهِم مِّن ذِكْرٍ مِّن رَّبِّهِم مُّحْدَثٍ إِلَّا ٱسْتَمَعُوهُ وَهُمْ يَلْعَبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachon Robbilaridan yangi eslatma kelsa, uni faqat o`ynayotgan hollarida tinglarlar.Қачон Роббиларидан янги эслатма келса, уни фақат ўйнаётган ҳолларида тингларлар.Alauddin Mansour: Ularga Parvardigorlari tomonidan biron yangi eslatma — oyat kelar ekan, albatta uni oʻynagan hollarida (masxara qilib), tingladilar.Уларга Парвардигорлари томонидан бирон янги эслатма — оят келар экан, албатта уни ўйнаган ҳолларида (масхара қилиб), тингладилар.

322-sahifa · 17-juz · 33-hizb322-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاemasэмасيَأْتِيهِمularga kelurуларга келурمِّنhech birҳеч бирذِكْرٍۢeslatmaэслатмаمِّن-dan-данرَّبِّهِمRobbilariРоббилариمُّحْدَثٍyangiянгиإِلَّاfaqatфақатٱسْتَمَعُوهُuni tinglarlarуни тингларларوَهُمْva ularва уларيَلْعَبُونَoʻynayotgan hollaridaўйнаётган ҳолларида
TafsirТафсир

Hisoblari yaqinlashib qolganini unutib, gʻaflatda yurganlar Robbilari Alloh taolodan yangi eslatma–Qurʼoni Karim kelsa, oʻynab turgan hollarida eshitadilar. Bu hollari ularning eslatmaga eʼtiborsiz qarayotganini bildiradi. Zotan, Allohdek ulugʻ zotning har bir soʻzi yuksak odob va eʼtiboru ahamiyat bilan qarshi olinishi kerak edi. Kofir va mushriklar esa, ularga Allohning eslatmasi kelganda, hatto oʻyinlarini toʻxtatishni xayollariga ham keltirmadilar. Zohirda oʻynab turib, ichidan eʼtibor berayotgan boʻlsa kerak, deb oʻylamang. Ular:

«Qachon Robbilaridan yangi eslatma kelsa, uni faqat oʻynayotgan hollarida tinglarlar. Qalblari gʻofil boʻlib».

Zohirda oʻyin, botinda gʻaflat. Ikki tomonda ham Alloh kalomiga eʼtiborsizlik.

Chunki, ular aslida buzuqdirlar, umuman Paygʻambarga ishonmay zulm qiladilar. Oʻsha,

«Zulm qilganlar oʻzaro: «Bu oʻzimizga oʻxshagan bashardan oʻzga emas-ku. Oʻzingiz koʻrib turib sehrga kelasizmi?» – deb pichirlasharlar».

Kofirlar oʻzaro: «Muhammad ham siz bilan bizga oʻxshagan odamku, qanday qilib Paygʻambar boʻladi? Uning aytayotgan gaplari sehr. Bu narsani kishilarga taʼsir qilishidan, ota-bola va eru xotin orasini buzishidan ham bilib olsangiz boʻladi. Shuni koʻrib-bila turib unga ergashasizlarmi?»–deb pichirlashadilar.

Ularning bu gaplariga javoban Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishni Allohning Oʻziga havola qildilar: