لَا يَحْزُنُهُمُ ٱلْفَزَعُ ٱلْأَكْبَرُ وَتَتَلَقَّىٰهُمُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ هَـٰذَا يَوْمُكُمُ ٱلَّذِى كُنتُمْ تُوعَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni buyuk dahshat g`ami bosmas. Ularni farishtalar: «Bu sizlarga va'da qilingan kuningizdir», deb kutib olurlar.Уларни буюк даҳшат ғами босмас. Уларни фаришталар: «Бу сизларга ваъда қилинган кунингиздир», деб кутиб олурлар.Alauddin Mansour: Ularni Buyuk dahshat (yaʼni, Qiyomat) mahzun qilmas. Farishtalar ularni: «Mana shu sizlarga vaʼda qilingan kundir», deb kutib olurlar.Уларни Буюк даҳшат (яъни, Қиёмат) маҳзун қилмас. Фаришталар уларни: «Мана шу сизларга ваъда қилинган кундир», деб кутиб олурлар.
Kofirlarning koʻzlari qoʻrqinchdan chaqchayib qotib qolgan qiyomat kunida moʻmin bandalarni dahshat gʻami bosmaydi. Ular u kunda begʻam boʻladilar. Oʻsha kunda jannatiy bandalarni farishtalar ochiq chehra bilan «Bu sizlarga vaʼda qilingan kuningizdir», deb kutib olurlar.